Xizmat Street, Flash, Royal, OnLime, Street Ugrade, Flash Upgrade, Ta'lim, MAKTAB, UNITS, Milliy va Barakali tarif rejalari uchun amal qiladi.

  • Xizmatni faollashtirish

USSD-so‘rov orqali

  • Xizmatning amal qilish hududi – O‘zbekiston Respublikasi, jismoniy shaxslar uchun GSM UZMOBILE standart tarmog‘i.
  • Xizmat quyidagi tarif rejalari abonentlari uchun amal qiladi: Milliy va UNITS tariflar to'plami, Ta'lim, MAKTAB,  shuningdek Street, Flash, Royal, OnLime, Street Ugrade, Flash Upgrade arxiv tarif rejalarida.
  • Xizmat *555# USSD so‘rovi yordamida, shuningdek UZMOBILE savdo ofislarida hamda Axborot markaz (Call- Centre)larida faollashtiriladi.
  • Xizmat faol holatda bo‘lgan abonentlar uchun mavjud.
  • Xizmat tarif rejasiga muvofiq taqdim etilayotgan limitlarni faollashtirish (hisob-kitob davri kelgunga qadar) imkonini beradi.
  • Xizmat narxi amaldagi tarif rejasiga muvofiq abonent to‘loviga teng.
  • Xizmatni faollashtirganda, tarif rejasiga muvofiq belgilangan limit qoldiqlar bekor qilinadi.
  • Xizmat muvaffaqiyatli faollashtirilganda abonent to‘lovi yechib olinadi va amaldagi tarif rejasiga muvofiq limitlar taqdim etiladi.
  • Amaldagi tarif rejasi bo‘yicha limitlarning amal qilish muddati va oylik abonent to‘lovini yechib olish sanasi Xizmat yoqilgan vaqtdan bir oyga suriladi, ya’ni abonent to‘lovining yangi hisob-kitob davri belgilanadi.
  • Xizmatni muvaffaqiyatli yoqtirish uchun abonentning hisob raqamida amaldagi tarif rejasining abonent to‘lovi uchun yetarli bo‘lgan miqdorda mablag‘ (yoki undan ko‘p) bo‘lishi shart.
  • Cheklov: “Raqam ijarasi” faol xizmatiga ega abonentlar uchun xizmatga ulanish mavjud emas.
  • Xizmatni ishga tushirilishi va uning shartlari haqida «O‘zbektelekom» AK tomonidan bevosita Internet tarmog‘idagi www.uztelecom.uz rasmiy saytida va boshqa kommunikatsiya vositalari orqali tegishli ma’lumotlarni joylash bilan amalga oshiriladi.
  • Kompaniya Xizmat Shartlarini o‘zgartirish huquqiga ega va bunda www.uztelecom.uz rasmiy saytida va boshqa kommunikatsiya vositalari orqali tegishli ma’lumotlarni joylash, misol uchun SMS xabarlar yuborish va boshqalar bilan abonentlarni xabardor qilishi shart. Ishtirokchilar o‘zlari mustaqil ravishda ko‘rsatilgan saytda tegishli o‘zgartirishlarni tekshirib turishlari kerak.
  • Balans holatini tekshirish: 9999 qisqa raqamiga 1002 raqamlarini SMS qilib jo‘natish yoki USSD *100*2#, *107# USSD kodini terish.
SMS va USSD buyruqlar Mobil assistent
boshqa mamlakatlarga qo'ng'iroqlar