UZTELECOM GSMning “TelecomTV” xizmati - interaktiv televideniye va filmlarni tomosha qilish uchun platforma bo‘lib, undan jismoniy shaxslar Internet-trafikni sarflamasdan foydalanishlari mumkin.

Xizmat narxi

“Light” obunasi - 80 ta telekanal:

  • 1 kun (avtomatik uzaytirish bilan) – 700 soʻm
  • 30 kun (avtomatik uzaytirish bilan) – 15 000 soʻm

“Premium” obunasi - 130 ta telekanal:

  • 1 kun (avtomatik uzaytirish bilan) – 1 500 soʻm
  • 30 kun (avtomatik uzaytirish bilan) – 25 000 soʻm


“Milliy” obunasi - 1 ta onlayn kinoteatr:

  • 1 kun (avtomatik uzaytirish bilan) – 699 soʻm
  • 30 kun (avtomatik uzaytirish bilan) – 12 000 soʻm


“All inclusive” obunasi - 130 ta telekanal va 3 ta onlayn kinoteatr:

  • 1 kun (avtomatik uzaytirish bilan) – 2 499 soʻm
  • 30 kun (avtomatik uzaytirish bilan) – 39 000 soʻm


“Kino+” obunasi - 3 ta onlayn kinoteatr:

  • 1 kun (avtomatik uzaytirish bilan) – 1 999 soʻm
  • 30 kun (avtomatik uzaytirish bilan) – 29 000 soʻm


“TelecomTV” – Bu siz kutgan zamonaviy videoxizmat:

Mukammal sifatli tasvir 
Tasvirni avtomatik sozlash funksiyasi mobil qurilmalar va katta televizorlarda bir xilda aniq tasvirlarni ko‘rish imkonini beradi

Koʻrish uchun doim narsa topiladi
85 dan ortiq telekanallar
Filmlar va seriallar katalogi

Efirni boshqarish 
“pauza” va “efirni orqaga oʻtkazish” funksiyalari
Telekanallar arxivi 
Ko‘rsatuvlarning elektron dasturi 

Butun oila uchun foydali! 
Bir vaqtning oʻzida 5 ta qurilmada tomosha qilish imkoniyati 
Smartfon yoki planshetda, SMART TV funksiyali televizorda, Android TVda, kompyuteringiz brauzerida tomosha qiling. Bitta qurilmada tomosha qilishni boshlang va oʻsha joydan boshqa qurilmada davom eting!

Xizmatga ulanish:

“TelecomTV” xizmatidan foydalanish uchun xizmatni quyidagi usullar bilan faollashtirishingiz kerak: 


WEB-portal

  1. telecomtv.uz saytiga oʻting,
  2. Yuqori oʻng burchakdagi “Kirish” tugmasini bosing,
  3. UZTELECOM GSM telefon raqamidan foydalanib tizimga kiring va SMS orqali kelgan tasdiqlash kodini kiriting.
  4. Katalogda sizni qiziqtirgan kontentni tanlang va ustiga bosing
  5. Keyin, taqdim etilgan roʻyxatdan tanlangan kontentni koʻrish uchun oʻzingizga mos keladigan Obunani (Light yoki Premium) va uning davomiyligini (1 yoki 30 kun) tanlang. Sizga obuna variantlari taklif qilinadi, toʻliq roʻyxatni ochish uchun “Boshqa obuna variantlarini koʻrsatish” tugmasini bosing. 
  6. “Ulanish” tugmasini bosing. Ulanganingizdan soʻng siz ulangan xizmat va ulanish muddati haqida SMS orqali ma’lumot olasiz. Birinchi marta ulanganingizda, sizga 7 va “All inclusive” paketiga 30 kunlik (Mazkur trial muddat 2023-yilning 20-dekabridan 2024-yilning 10-yanvarigacha amal qiladi.)  bepul sinov muddat beriladi (agar u ilgari faollashtirilmagan boʻlsa). Xizmat birinchi foydalanish muddati tugaganidan keyin tanlangan muddatga avtomatik ravishda uzaytiriladi. Shaxsiy kabinetdagi “Obuna” bo‘limida o’zingizning obunangizni tanlab, avtomatik uzaytirishni o‘chirish tugmasini bosish orqali uzaytirishni o‘chirib qo‘yish mumkin. Avtomatik uzaytirishning oʻchirishilishi tasdiqlaganidan soʻng, xizmat toʻlangan muddat oxirigacha taqdim etiladi.


iOS (iPhone smartfonlari va iPad planshetlari):

  1. Qurilmangizda AppStore ilovasini oching.
  2. “TelecomTV” soʻzini qidiruvi qatoriga kiriting va ilovani yuklab oling.
  3. UZTELECOM GSM telefon raqamidan foydalanib tizimga kiring va SMS orqali kelgan tasdiqlash kodini kiriting.
  4. Katalogda sizni qiziqtirgan kontentni tanlang va ustiga bosing
  5. Keyin, taqdim etilgan roʻyxatdan tanlangan kontentni koʻrish uchun oʻzingizga mos keladigan Obunani (Light yoki Premium) va uning davomiyligini (1 yoki 30 kun) tanlang. 


Android (Android smartfon va planshetlari):

  1. Qurilmangizda Google Play ilovasini oching.
  2. “TelecomTV” soʻzini qidiruvi qatoriga kiriting va ilovani yuklab oling.
  3. UZTELECOM GSM telefon raqamidan foydalanib tizimga kiring va SMS orqali kelgan tasdiqlash kodini kiriting.
  4. Katalogda sizni qiziqtirgan kontentni tanlang va ustiga bosing
  5. Keyin, taqdim etilgan roʻyxatdan tanlangan kontentni koʻrish uchun oʻzingizga mos keladigan Obunani (Light yoki Premium) va uning davomiyligini (1 yoki 30 kun) tanlang. 


SMART TV yoki Android TV:

  1. Qurilmangizda “TelecomTV” ni qidiring va yuklab oling. Ilovani qidirish uchun boshqaruv pultidagi Search tugmasini bosing, “TelecomTV” nomini qidiring.  
  2. UZTELECOM GSM telefon raqamidan foydalanib tizimga kiring va SMS orqali kelgan tasdiqlash kodini kiriting.
  3. Katalogda sizni qiziqtirgan kontentni tanlang va ustiga bosing
  4. Keyin, taqdim etilgan roʻyxatdan tanlangan kontentni koʻrish uchun oʻzingizga mos keladigan Obunani (Light yoki Premium) va uning davomiyligini (1 yoki 30 kun) tanlang. 


Obunani rasmiylashtirish tugmasini bosing. Ulanganingizdan soʻng siz ulangan xizmat va ulanish muddati haqida SMS orqali ma’lumot olasiz. Birinchi marta ulanganingizda, sizga 30 kunlik bepul muddat beriladi (agar u ilgari faollashtirilmagan boʻlsa). Xizmat birinchi foydalanish muddati tugaganidan keyin tanlangan muddatga avtomatik ravishda uzaytiriladi. Shaxsiy kabinetdagi (asosiy ekranning yuqori chap burchagidagi belgini bosing) “Obuna” bo‘limida “Obuna”ni tanlab, avtomatik uzaytirishni o‘chirish tugmasini bosish orqali uzaytirishni o‘chirib qo‘yish mumkin. Avtomatik uzaytirishning oʻchirishilishi tasdiqlaganidan soʻng, xizmat toʻlangan muddat oxirigacha taqdim etiladi.

Zarur boʻlganda, obunani avtomatik uzaytirishni oʻchirish orqali, xizmatni oʻchirib qoʻyishingiz mumkin.
Uzaytirishni qurilmangiz orqali shaxsiy kabinetda “Obunalar” bo‘limidan Obunangizni tanlash va avtomatik uzaytirishni o‘chirish tugmasini bosish orqali yoki *190# USSD so'rov o‘chirib qo‘yish mumkin. Avtomatik uzaytirishning oʻchirishilishi tasdiqlaganidan soʻng, xizmat toʻlangan muddat oxirigacha taqdim etiladi va keyingi toʻlov yechilishi toʻxtatiladi. 
Bu muhim! “TelecomTV” ilovasini qurilmadan oʻchirib tashlash obunani toʻxtatmaydi. Avtomatik uzaytirishni oʻchirish orqali obunani oʻchirish kerak.  

Texnik xizmat kursatish markazi raqami: +998712005252

SMS va USSD buyruqlar Mobil assistent
boshqa mamlakatlarga qo'ng'iroqlar