eSIM profili nima?

eSIM profili QR kod orqali yuklab olinadigan raqam uchun tarif sozlamalari.

eSIMga nechta raqamni ulash mumkin?

Chipdagi xotira hajmiga bog‘liq. Eng kichigida 2-3 ta profilni ulash mumkin.

QR kodni saqlash kerakmi?

Abonent tomonidanmi? Agar qayta foydalanish kerak bo‘lsa, unda saqlab qolish kerak.

eSIMning oddiy SIM-kartadan qanday farqi bor?

eSIMning olib tashlash, sindirish yoki yo‘qotish mumkin emas, chunki u smartfon ichiga o‘rnatiladi. Bir eSIMga 2-3 ta raqam (profil) o‘rnatish mumkin. Istalgan vaqtda smartfondagi sozlamalar orqali siz qaysi raqamlar faol bo‘lishini tanlashingiz mumkin.

eSIMni ulashda IMEI kodini ro‘yxatdan o‘tkazish kerakmi?

Ha. Ulanishdan oldin siz mobil qurilmaning IMEI kodining holatini tekshirishingiz kerak

Barcha SIM-karta mobil xizmatlari eSIM uchun ham qo‘llab-quvvatlanadimi?

eSIM SIM-kartaning o‘rnini to‘liq bosadi va barcha mobil aloqa xizmatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Mobil qurilma eSIMni qabul qilishini qanday bilsa bo‘ladi?

Qurilma uchun hujjatlarni tekshirish yoki ishlab chiqaruvchining veb-saytida uning texnik xususiyatlari bilan tanishish kerak.

  • Eng mashhur eSIM qurilmalar ro‘yxati:
  • iPhone: XS, XS Max, XR, 11, 11 Pro, 11 Pro Max, SE 2020, 12, 12 mini, 12 Pro, 12 Pro Max, 13, 13 mini, 13 Pro, 13 Pro Max iOS 12.1 yoki keyingi versiyalarida;
  • iPad: iOS 12.1 yoki undan keyingi versiyalarida ishlaydigan Air 3, Pro 3, Mini 5;
  • Samsung Galaxy: S20, S20 +, Note 20, Note 20 Ultra, S20 Ultra, S21 5G, S21 + 5G, S21 Ultra 5G, Fold, Z Flip, Z Fold2, Z Fold3 5G Z Flip3 5G;
  • Google Pixel: 3, 3 XL, 3a, 3a XL, 4, 4 XL, 4a, 4a XL, 4a 5G, 5 Android 10 yoki undan keyingi versiyalarida;
  • Huawei: P40, P40 Pro, P40 Pro + mobil qurilmalarida qo‘llash mumkin.
  • Xitoy, Makao va Gonkongdan sotib olingan/import qilingan iPhone XS, XS Max, XR va ikkita SIM kartali 12 qurilmalarida eSIM ishlamaydi.

eSIMni masofadan ulash mumkinmi?

Bu funksiya vaqtincha ishlamaydi.

Yuridik shaxs nomiga eSIMni ulash mumkinmi?

Ha mumkin. Bu holda ulanish tartibi oddiy SIM-kartalarni ulashdan farq qilmaydi.

Bir vaqtning o‘zida ikkala eSIM va SIM-karta raqamlaridan foydalsa bo‘ladimi?

Bularning barchasi muayyan telefon modeliga bog‘liq, lekin aksariyat hollarda bu mumkin. Agar telefon 2 ta SIM-kartani qo‘llab-quvvatlasa, bu holda SIM2 o‘chiriladi va uning o‘rniga eSIM ishlaydi. SIM1 odatdagidek ishlaydi.

eSIM roumingda ishlaydimi?

Ha, oddiy SIM-kartalardan farqi yo‘q.

eSIMga o‘tishda SIM-kartada saqlangan kontaktlar avtomatik ravishda o‘tadimi?

Yo‘q, oddiy SIM-kartadan eSIMga o‘tilganda, karta aslida almashtiriladi, shuning uchun kontaktlarni ko‘chirib olishingiz lozim.

Agar eSIM profilimni adashib o‘chirib tashlagan bo‘lsam nima bo‘ladi?

Agar abonentda eSIMni ulashda QR-kod chiqarilgan bo‘lsa, u orqali eSIM profilini qayta o‘rnatishi mumkin. Muammo yuzaga kelgan holda ma’lumotni aniqlashtirish uchun qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilishingiz mumkin.

Mobil qurilma yo‘qolgan bo‘lsa, eSIMni qanday qilib bloklash mumkin? Agar uzoq vaqt aloqa xizmatlaridan foydalanishni rejalashtirmagan bo‘lsamchi?

eSIM oddiy SIM-kartalarga o‘xshaydi:

  • - agar telefon yo‘qolgan bo‘lsa, kartani blokirovka qilish uchun siz shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan xizmat ko‘rsatish ofisiga murojaat qilishingiz kerak.
  • - agar siz eSIMdagi aloqa xizmatlaridan uzoq vaqt foydalanmasangiz, u oddiy SIM-karta faolsizlik tufayli bloklangani kabi bloklanadi.

“eSIM” QR kodini skanerlashda mobil qurilma internetga ulanishi kerakmi?

Ha, albatta Internetga kirishingiz kerak (WI-FI yoki ma’lumotlarni uzatish orqali)

eSIM-kartani bir qurilmadan boshqasiga almashtirish mumkinmi?

Jismoniy jihatdan – yo‘q, karta gadjetga mahkam o‘rnatilgan.

  • Virtual holatda – ha, siz turli xil gadjetlarda bir xil telefon raqamini sozlashingiz mumkin (eSIMni qo‘llanadigan).
QR kodni yo‘qotgan bo‘lsam, smartfonimni yo‘qotib qo‘ysam yoki sindirib qo‘ysam nima qilish kerak?

QR kodni almashtirish uchun shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan UZTELECOM ofisiga murojaat qilishingiz kerak.

Bitta QR kod bir nechta qurilmalarda ishlashi mumkinmi?

QR kod bir vaqtning o‘zida bir nechta qurilmalarda ishlay olmaydi.

Menda yangi smartfon bor. Men eskisida eSIM ishlatganman. eSIMni yangi smartfonga qanday ulash mumkin?

Eski smartfoningiz internetga ulanganligiga ishonch hosil qiling (WI-FI yoki ma’lumotlarni uzatish orqali) va undagi eSIM profilini butunlay o‘chirib tashlang. Keyin QR kodini skanerlash orqali yangi qurilmada eSIM faollashtirish jarayonidan o‘ting.

Menda yangi smartfon bor. Men eskisida eSIM ishlatganman. eSIMni yangi smartfonga qanday ulash mumkin?

Eski smartfoningiz internetga ulanganligiga ishonch hosil qiling (WI-FI yoki ma’lumotlarni uzatish orqali) va undagi eSIM profilini butunlay o‘chirib tashlang. Keyin QR kodini skanerlash orqali yangi qurilmada eSIM faollashtirish jarayonidan o‘ting.

eSIMga nechta raqamni ulash mumkin?

Bitta qurilmada eSIMga 5 tagacha raqam (profil) ulash mumkin. eSIMdagi profillar soni qurilma modeliga bog‘liq (spetsifikatsiyalarni ko‘zdan kechiring yoki ishlab chiqaruvchining rasmiy veb-saytini tekshiring).

eSIMdan foydalanish uchun menga jismoniy SIM-karta kerakmi?

eSIM mustaqil modul bo‘lib, smartfonda SIM-kartaning mavjudligi shart emas.

SIM-kartadan eSIM-ga o‘tgandan keyin ham tarifim o‘zgarmaydimi?

Ha. Raqamingizdagi barcha tarif va xizmatlar saqlanib qoladi.

Agar telefonimni boshqa shaxsga bersam, eSIM bilan qanday amaliyot bajariladi?

Agar siz smartfoningizni boshqa shaxsga sotsangiz yoki sovg‘a qilsangiz, eSIM profili o‘chirilishi kerak. Aks holda, siz smartfoningizni eSIM mobil raqamingiz bilan bergan bo‘lasiz.

Telefon yo‘qolgan bo‘lsa, eSIMni qanday bloklash mumkin? Agar ulanishdan uzoq vaqt foydalanishni rejalashtirmasam-chi?

Agar siz eSIM-raqamli smartfoningizni yo‘qotib qo‘ysangiz, 1099 raqami orqali call-markazga qo‘ng‘iroq qiling yoki shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan UZTELECOM ofisiga murojaat qiling.

Savolingizga javob topmadingizmi?

Bizga qo'ng'iroq qiling!

1099