“MyHit” xizmati

UZTELECOM GSM dan “MyHit” xizmati – oddiy gudok o‘rniga tanlangan xit musiqalarni o‘rnatish imkoniyatini beradi. Xizmat jismoniy va mobil byudjetga ega yuridik shaxslar uchun amal qiladi.

Xizmatni faollashtirish:

Qo‘ng‘iroq amalga oshiruvchi abonent gudok o‘rniga musiqani tinglashi uchun quyidagi usullar orqali musiqani o‘rnatish lozim:

  • IVR: 4444 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan holda ovozli menyudan foydalanib xizmatni boshqarish mumkin (qo‘ng‘iroq tariflanmaydi). Musiqaning kodini terish orqali yoki galereyadan musiqani tanlagan holda aktivlashtirish mumkin.
  • SMS: xizmatni 4444 qisqa raqamiga musiqa kodini yuborish orqali ulash mumkin.
  • USSD: *444# so‘rovini amalga oshirilganda xizmat menyusi orqali musiqani ID (*444*ID#) bo‘yicha ulash, ulangan musiqalar haqida ma’lumot olish, xizmatni o‘chirish mumkin. 
  • WEB-portal: https://myhit.uztelecom.uz sahifasidagi qo‘llanma orqali xizmatni boshqarish mumkin.
  • Yuqoridagi usullar orqali xizmat faollshtirilganda so‘rovga javoban abonent musiqa muvaffaqiyatli o‘rnatilganligi  yoki o‘rnatilmaganligi va ulangan musiqa hamda uning amal qilish muddati haqida SMS orqali ma’lumot oladi.


Xizmatni quyidagi yo‘llar bilan o‘chirish mumkin:

  • IVR: 4444 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroqni amalga oshirganda, ovozli menyudan foydalanib (9 – bo‘lim – xizmatni boshqarish) har bir musiqani alohida yoki barcha ulangan musiqani o‘chirish mumkin.
  • SMS:  4444 qisqa raqamiga STOP tekstini SMS tarzida yuborish orqali xizmatni o‘chirish mumkin (bunda barcha “MyHit” xizmatida ulangan musiqalar o‘chiriladi).  
  • USSD:  *444# so‘rovi xizmatni o‘chiradi.
  • WEB-portal: https://myhit.uztelecom.uz sahifasidagi qo‘llanma orqali xizmatni boshqarish mumkin.
  • Yuqoridagi usullar orqali xizmat o‘chirganda so‘rovga javoban abonent musiqa yoki xizmat  muvaffaqiyatli o‘chirilganligi haqida SMS orqali ma’lumot oladi.


Xizmat narxi

Musiqa uchun birlik narxi (musiqa o‘rnatilganda bir marotabalik to‘lov)
 

Obuna Musiqa guruhi Abonent uchun birlik narxi,
QQS bilan, so‘m

1 kunlik obuna

Standart musiqa

150

Premium musiqa

225

VIP musiqa

300

Chegirmadagi musiqa

99

3 kunlik obuna

Standart musiqa

420

Premium musiqa

650

VIP musiqa

850

Chegirmadagi musiqa

280

7 kunlik obuna

Standart musiqa

900

Premium musiqa

1300

VIP musiqa

1800

Chegirmadagi musiqa

600

30 kunlik obuna

Standart musiqa

3300

Premium musiqa

5000

VIP musiqa

6600

Chegirmadagi musiqa

2200

Cheklovlar

Quyidagi hollarda o‘rnatilgan musiqalar ijro etilmaydi va qo‘ng‘iroq qilayotgan abonent oddiy gudok eshitadi:

  • Agar boshqa raqamga qo‘ng‘iroqni yo'naltirish xizmati faollashtirilgan bo‘lsa;
  • Agar chaqirilayotgan abonent “Chaqiruvni kutish” xizmati yoqilgan bo‘lsa, birinchi qo‘ng‘iroq qilgan abonent o‘rnatilgan musiqani eshitadi, ikkinchi liniyadigi abonent esa (ikkinchi liniyadaligi haqidagi) standart gudokni eshitadi.


Xizmatdan foydalanish shartlari:

  • Xizmat jismoniy shaxslar va mobil byudjeti mavjud yuridik shaxslar uchun amal qiladi.
  • Bir abonent bir vaqtning o‘zida bir necha musiqani o‘rnatishi mumkin, har bir ulangan musiqa uchun alohida mablag‘ yechiladi.
  • Abonent musiqani tanlagan paytidan boshlab xizmat yoqiladi va musiqa uchun bir marotabalik to‘lov amalga oshirilib, musiqa abonent tomonidan o‘chirilmaguniga qadar yoki/va musiqa amal qilish muddati tugaguniga qadar xizmat faol bo‘ladi.
  • Agar abonent nofaol holatda bo‘lsa yoki tanlangan musiqa uchun to‘lovni amalga oshirmasa, qo‘ng‘iroq o‘rniga o‘rnatilgan musiqa o‘chiriladi va operatorning standart signaliga almashtiriladi.
    Hisob to‘ldirilib, tanlangan qo‘ng‘iroq musiqasi uchun abonent to‘lovi to‘lagandan so‘ng, u avtomatik tarzda tiklanadi.
SMS va USSD buyruqlar Mobil assistent
boshqa mamlakatlarga qo'ng'iroqlar