Xizmat oddiy qo‘ng‘iroq ohangi o‘rniga kompaniyangizning korporativ jinglini o‘rnatish imkonini beradi

Endi zerikarli gudoklar yo‘q! Endi Siz xodimlaringizga gudok o‘rniga korporativ jingl yoki boshqa ohangni osongina o‘rnatishingiz mumkin. Bu boshqa kompaniyalardan ajralib turish va brendingizni esda qolarli qilish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Buning uchun nima kerak?

Xizmatdan foydalanmoqchi bo‘lgan yuridik shaxslar “O‘zbektelekom” AKning “O‘zMobayl” filiali direktori nomiga yozma ravishda xat va audio-fayl taqdim etadilar. Xatda xizmatga o‘rnatish kerak bo‘lgan shartnoma raqami va ushbu shartnoma doirasida aktivlashtirilgan abonent raqamlari ro‘yxati ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Taqdim etilgan audio faylga faylni taqdim etgan tashkilot javobgar hisoblanadi. Raqamlarning gudoklariga taqdim etilgan audio-fayl o‘rnatilgandan so‘ng, belgilangan narxlar asosida tariflash amalga oshiriladi. Korporativ mijozning hisobida xizmat uchun pul mablag‘i yetarli bo‘lmaganda, raqamlarga o‘rnatilgan gudoklar 1 kundan 5 ish kuni ichida ogohlantirishsiz o‘chiriladi. Korporativ mijoz xizmatdan foydalanishni to‘xtatmoqchi bo‘lganda, “O‘zMobayl” filiali direktori nomiga yozma ravishda xat berish orqali xizmat bekor qilinadi. Korporativ mijozlar xat orqali xizmatdan foydalanishni bekor qilishgandan so‘ng xizmat bekor qilingan oyning o‘zida qayta xizmatdan foydalanmoqchi bo‘lishsa, belgilangan narxda qayta tariflash amalga oshiriladi.

T/r

Xizmat nomi

Raqamlar soni

Xizmat narxi

Tariflash turi

1

MyHit B2B 1-10 raqamlar

1-10

100 000 so‘m

Oylik abonent to‘lovi

2

MyHit B2B 11-25 raqamlar

11-25

180 000 so‘m

Oylik abonent to‘lovi

3

MyHit B2B 26-50 raqamlar

26-50

380 000 so‘m

Oylik abonent to‘lovi

4

MyHit B2B 51-100 raqamlar

51-100

750 000 so‘m

Oylik abonent to‘lovi

5

MyHit B2B 101-500 raqamlar

101-500

4 400 000 so‘m

Oylik abonent to‘lovi

6

MyHit B2B 501-∞ raqamlar

501 - ∞

21 000 000 so‘m

Oylik abonent to‘lovi

7

Audio faylni tizimga kiritish MyHIT B2B

Audio faylni tizimga kiritish

4 500 000 so‘m

Bir marotabalik to‘lov


Cheklovlar

Quyidagi hollarda o‘rnatilgan musiqalar ijro etilmaydi va qo‘ng‘iroq qilayotgan abonent oddiy gudok eshitadi:

  • Agar boshqa raqamga qo‘ng‘iroqni yo'naltirish xizmati faollashtirilgan bo‘lsa;
  • Agar chaqirilayotgan abonent “Chaqiruvni kutish” xizmati yoqilgan bo‘lsa, birinchi qo‘ng‘iroq qilgan abonent o‘rnatilgan musiqani eshitadi, ikkinchi liniyadigi abonent esa (ikkinchi liniyadaligi haqidagi) standart gudokni eshitadi.

 

SMS va USSD buyruqlar Mobil assistent
boshqa mamlakatlarga qo'ng'iroqlar