Mazkur xizmat Pre-paid tizim abonentlariga cheklanmagan tungi internet xizmatidan foydalanishga imkon beradi. Har bir abonent o‘ziga mos xizmatning “Tun” yoki “30 tun” turidan birini tanlashi mumkin.
“Tun”
6 300 so‘m
Narxi
0 so‘m
Xizmat doirasida 1 MB bahosi
“30 tun”
125 000 so‘m
Narxi
0 so‘m
Xizmat doirasida 1 MB bahosi
Xizmat nomi | Bir kunlik internet trafik chegarasi* | USSD orqali faollashtirish | 999018 raqamiga SMS yuborish orqali faollashtirish (SMS matni) |
Tun | 5000MB | *111*2*18*1# | 1 |
30 tun | 5000MB | *111*2*18*2# | 2 |
- *Kunlik cheklanmagan tezlikdagi internet trafigi chegarasi (abonent joyiga qarab) 5000 МB ni tashkil etadi. Agar uzatilgan va qabul qilingan ma’lumotlar bir sutkada 5000 MB dan ortsa, Internet tezligi 64 Kbit/sekundgacha pasayadi.
- «Tun» xizmati faollashgandan so‘ng tungi soat 01:00 dan ertalabgi soat 07:59 ga qadar amal qiladi. Agar abonent “Tun” xizmatini soat 00:00dan so‘ng, lekin soat 08:00:00 gacha faollashtirgan bo‘lsa, faollashtirgan kundanoq xizmatdan foydalana oladi. Agarda, abonent xizmatni 08:00 dan 00:00gacha faollashtirsa, xizmatdan keyingi kun soat 01:00dan 08:00gacha foydalana oladi.
- «30 tun» xizmati 31 sutka amal qiladi.
- “Tungi internet” xizmatning “Tun” va “30 tun” turlari faollashtirilganda xizmat haqqi bir marta olinadi.
- Abonent bir vaqtning o‘zida xizmatning faqat bir turini faollashtirishi mumkin.
- Xizmat barcha Pre-paid tizim abonentlari uchun mavjud.
- Yuridik shaxslar xizmatni kompaniya ofislarida buyurtma berish orqali faollashtirishlari mumkin.
- “Tungi internet” xizmatdan foydalanganda (soat 1:00 dan 7:59 gacha) Internet-paketdagi va tarif rejasiga kiritilgan internet trafigi sarflanmaydi.
- Raqam va tarif rejasi almashtirilganda xizmat ko‘rsatish shartlari o‘zgarmaydi.
- UZMOBILE da internet-sessiyasi uzluksizgini inobatga olib, noto‘g‘ri tariflanishni oldini olish uchun, abonent soat 07:59 ga qadar internet-sessiyasini to‘xtatmog‘i kerak.
- Xizmat faqat O‘zbekiston Respublikasida UZMOBILE GSM (2G/3G/4G) tarmog‘i qamrab olish hududida amal qiladi.
- Abonent raqam va tarif rejasini almashtirganda xizmat ko‘rsatish shartlari o‘zgarmaydi.