34 900 so'm

Oylik abonent to'lovi

  • 300 daqiqa

    O'zbekiston bo'ylab chiqish qo'ng'iroqlar limiti oyiga

  • 1000 daqiqa

    Tarif rejasi doirasida kiritilgan limit

  • 40 so'm

    O'zbekiston bo'ylab chiqish qo'ng'iroqlari 1 daqiqasi (limitdan tashqari)

  • 40 so'm

    Tarmoq ichida chiqish qo'ng'iroqlari 1 daqiqasi (limitdan tashqari)

  • 8000 MB

    Internet-trafik limiti oyiga

  • 40 so'm

    1 MB Internet trafigi (limitdan tashqari)

  • 500 SMS

    SMS-xabarlar limiti oyiga

  • 84 so'm

    1 ta SMS-xabar narxi (limitdan tashqari)

    • “TA‘LIM” tarif rejasi (bundan buyon matnda TR deb yuritiladi) oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari (institutlar, universitetlar, litseylar, kollejlar) talabalari va o‘qituvchilari, shuningdek maktab o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan. Ulanish taʼlim muassasasining xati asosida amalga oshiriladi.
    • Boshqa tarif rejalardan mazkur tarif rejasiga faqatgina UZTELECOM savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarida yozma ravishda tegishli hujjatlarni taqdim etgan holda o‘tish va ulanish mumkin. Ushbu TRga dilerlik xizmat ko‘rsatish nuqtasi orqali ulanish yopiq.
    • Abonentlarga nominal qiymati 5 000, 8 000 va 12 000 MB bo'lgan maxsus Internet-paketlar taklif etiladi, ular odatdagi Internet-paketlardan 20% gacha arzonroq hisoblanadi.
    • Ushbu TRda ZiyoNET xizmatiga ulanganda, xizmat uchun abonent to‘lovi 50% arzonlashtirilgan  narxda taqdim etiladi.
    • Ushbu TRdagi abonentga tasdiqlangan ro'yxatlarga muvofiq Internet-manbalaridan bepul foydalanish uchun kirishga ruxsat beriladi:
    • Ro'yxat №1 va Ro'yxat №2
    • Ushbu tarif rejaga yangi ulanganda, abonent to‘lovi kalendar oyining qolgan kunlariga mutanosib ravishda yechib olinadi.
    • TR abonent to‘lovi har oyning birinchi sanasida Abonentning faol holatida yechib olinadi. Abonent nofaol holatda bo‘lsa, abonent to‘lovi yangi oydan to‘xtatiladi. Agarda Abonent hisob-kitob oyi davomida xizmatni faollashtirsa (to‘lovni amalga oshirish yo‘li bilan), abonent to‘lovi xizmat faollashtirilgan vaqtdan boshlab oyning qolgan kunlariga mutanosib ravishda yechib olinadi, shu o‘rinda daqiqalar, SMS va Internet trafiklar ham qolgan kunlar hisobi bo‘yicha taqdim etiladi.
    • Limitlar TR bo‘yicha AT muvaffaqiyatli yechib olinganda taqdim etiladi va joriy hisob-kitob davri tugagunga qadar amal qiladi, TR bo‘yicha foydalanilmay qoldirilgan limitlar keyingi hisob-kitob davriga o‘tkazilmaydi.
    • Barcha qo‘ng‘iroqlar muloqotning birinchi soniyasidan hisoblanib, to‘liq daqiqa sifatida narxlanadi.
    • Kontent-provayderlar tomonidan taqdim etiladigan ovozli axborot-ko‘ngilochar va SMS xizmatlari kabi xizmatlar alohida narxlarda tariflanadi.
    • SMS limiti faqat O‘zbekiston Respublikasi uyali aloqa operatorlariga chiquvchi SMS-xabar hisobidan sarflanadi.
    • Chiquvchi xalqaro qo‘ng‘iroqlar/ SMSlar amaldagi tariflarga muvofiq narxlanadi.
    • O‘zbekiston bo‘ylab chiqish qo‘ng‘iroqlari O‘zbekiston Respublikasida barcha mobil va qayd etigan telefon aloqasi opertorlarining ro‘yxatdan o‘tgan raqamlarini o‘z ichiga oladi, shu bilan birga GSM, CDMA-450 standartidagi “O‘zMobayl” tarmoq raqamlari va“O‘zbektelekom” AKning qayd etilgan telefon tarmog‘i raqamlari kiradi.
    • Quyidagi tarif rejalardan “TA‘LIM” tarif rejasiga o‘tish qiymati:
    • “Business Voice”, “Business 25”, “Biznes”, “Biznes 500”, “Byudjet bazoviy”, “Byudjet 400”, “C1”, “C2”, “C3”, “C4”, “Constructor”, “Salom”, “Salom Plus”, “Step”, “Taʼlim”, “Traffic”, “Oddiy 10” - 0 so‘m;
    • “Business 35”, “Business 50”, “Business 70”, “Biznes 2000”, “Biznes 2500”, “Business Royal”, “Byudjet 1500”,  “Byudjet TAS-IX”, “Komfort”, “Uzmobile 1200”, “Uzmobile 4000”, “Uzmobile VIP”, “ZiyoNET-Mob” - 4 200 so‘m;
    • “Ishbilarmon” - 10 000 so‘m;
    •  “TA‘LIM” tarif rejasidan o‘tish mumkin bo‘lgan tarif rejalar:
    • “Ishbilarmon”, “ZiyoNET-Mob”, Business 35”, “Business 50”, “Business 70”, “Business Royal”, “Business Voice”, “Business 25”, “Byudjet bazoviy", “Byudjet 400”, “Byudjet 1500”, “Byudjet TAS-IX”, “C1”, “C2”, “C3”, “C4”, “Oddiy 10”
    SMS va USSD buyruqlar Mobil assistent
    daqiqalar, sms yoki internet tugadimi?
    boshqa mamlakatlarga qo'ng'iroqlar