1 200 000 so'm

1 yillik abonent to'lovi

mazkur tarifga ulanish
  • Cheklanmagan

    Trafikka kiritilgan limit

    TAS-IX va UZ-IX tarmog'i uchun (tunu-kun) hamda 00:00dan 12:00 vaqtga qadar texnologiyalar bo'yicha Internet tezligi:


  • 40 Mbit/sek

    VDSL

  • 100 Mbit/sek

    FTTb

  • 200 Mbit/sek

    GPON

  • 12:00dan 00:00 vaqtga qadar texnologiyalar bo'yicha Internet tezligi:


  • 40 Mbit/sek

    VDSL

  • 50 Mbit/sek

    FTTb

  • 50 Mbit/sek

    GPON







  • 80 tadan ortiq telekanal

    Kanallar ro'yxatini ko'rish

  • 180 daqiqa

    IP-telefoniyaga kiritilgan limit

  • 12 so'm

    O‘zbekiston bo‘ylab chiquvchi qo‘ng‘iroqlar limitdan tashqari

Pullik toifadagi raqamlar
IP-telefoniya uchun raqamlar toifalari
Mobil aloqa uchun raqamlar toifalari
(GSM-95/99)
9
9-10
  • Shartnoma muddatidan oldin bekor qilinganda, “FOYDALI” va “FOYDALI+” tarif rejalari bo‘yicha foydalanilmagan oy va kunlar uchun abonent to‘lovini qayta hisoblash amalga oshirilmaydi.
  • Tarif rejasi joriy hisob-kitob davri tugagunga qadar o‘zgartirilganda, “FOYDALI” va “FOYDALI+” tarif rejalari bo‘yicha abonent to‘lovini qayta hisoblash amalga oshirilmaydi.
  • “FOYDALI” va “FOYDALI+” tarif rejalarining abonentlari uchun “Ixtiyoriy blokirovka” qo‘shimcha xizmatini faollashtirish joriy hisob-kitob davri tugagandan keyin mavjud boʻladi.
  • Yashash manzili oʻzgarganda, abonent xizmatlarini oʻtkazish boʻyicha ishlarni amalga oshirish uchun abonent Kompaniyani oldindan xabardor qilishi kerak.
  • Belgilangan tezlik VDSL texnologiyasi orqali ulangan abonentlarga taqdim etiladi. Haqiqiy kirish tezligi abonent liniyasining uzunligiga va abonent tomonida o‘rnatilgan oxirovchi uskunaga qarab e’lon qilingan tezlikdan farq qilishi mumkin. Abonentgacha bo‘lgan ma’lumotlarni uzatish tezligi (ma’lumotlarni yuklab olish tezligi) ko‘rsatilgan.
  • Maʼlumotlar uzatish tarmog‘i, jumladan, Internet tarmog‘iga kirishning haqiqiy tezligi  taʼminlanishi abonent tomonidagi uskunalarga, shuningdek, “O‘zbektelekom” AKga tegishli bo‘lmagan va boshqa tarmoqlar hamda serverlar egalari  tomonidan o‘rnatilgan tarmoqlar va serverlarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga bog‘liq.

TELECOM TV portalida OTT-televideniye xizmatlarini taqdim etish shartlari:

  • TELECOM TV portalida media-kontentni koʻrish uchun foydalanuvchilar TELECOM TV ilovasini oʻz qurilmalariga yuklab olishlari va oʻrnatishlari kerak. Birinchi avtorizatsiya “O‘zbektelekom” AKning uydagi Internet tarmog‘iga ulangan qurilmada TELECOM TV ilovasi ishga tushirilganda avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Qurilma “O‘zbektelekom” AKning uydagi Internet tarmog‘iga ulanmagan boʻlsa, avtorizatsiya login va parolidan foydalangan holda amalga oshiriladi;
  •  OTT- xizmatlari Internet xizmatlari faol holatda boʻlishi sharti bilan taqdim etiladi.
  •  Telekanallarning batafsil roʻyxati  https://telecomtv.uz  veb-saytida eʼlon qilingan, telekanallar soni va roʻyxatiga oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
  • TELECOM TV platformasida foydalanuvchilar uchun arxivdagi telekanallar efirlarlarini ko‘rish imkoniyati hamda “o‘tkazish” funksiyasidan foydalanish imkoniyati taqdim etiladi.
  • Bitta obuna doirasida media-kontentni koʻrish uchun beshtagacha qurilmadan foydalanish mumkin.
  • Tariflar uskunaning narxini oʻz ichiga olmaydi.
  • TELECOM TV platformasi foydalanuvchilariga boshqa media-kontentga (filmlar, teleseriallar, musiqalar va boshqalar) obuna boʻlish imkoniyati beriladi, qoʻshimcha obunalar uchun toʻlov shaxsiy hisobda mablagʻlar mavjud boʻlganda, alohida tasdiqlangan tariflar boʻyicha undiriladi.

IP-telefoniya xizmatlarini taqdim etish shartlari:

  • IP-telefoniya xizmati uchun ro‘yxatdan o‘tishda to‘lov olinmaydi.
  • Tariflarga abonent qurilmasining va sarf materiallari narxi kiritilmagan.
  • Pullik toifadagi raqamlarni ajratish uchun to‘lov alohida tasdiqlangan tariflar bo‘yicha olinadi.
  • Abonent to‘lovi va foydalanilmay qolgan daqiqalar limiti keyingi hisob-kitob davriga o‘tkazilmaydi.
  • Mazkur tarif rejasi doirasida faqat bitta telefon raqamini ulash mumkin.
  • Xalqaro darajadagi chiquvchi qo‘ng‘iroqlar shaxsiy hisob raqamida 3000 so‘m miqdorida oldindan to‘lov mavjud bo‘lishi sharti bilan taqdim etiladi, qo‘ng‘iroqlar tarifikatsiyasi 125-1/1-son Narxnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
  • Qo‘shimcha xizmat turlari, axborot-maʼlumot xizmatlari, qayta rasmiylashtirish, raqamni almashtirish va boshqa xizmatlar bo‘yicha to‘lovlar 125-1/7-son Narxnomaga muvofiq amalga oshiriladi, kontent-xizmatlar bo‘yicha to‘lovlar alohida qiymat bo‘yicha amalga oshiriladi.
  •  IP-telefoniya xizmatiga GPON va FTTB texnologiyalari bo‘yicha ulanish abonentning ushbu xizmatni qo‘llab-quvvatlaydigan tegishli oxirlovchi qurilmalari mavjud bo‘lgandagina amalga oshiriladi.
  • IP-telefoniya xizmatiga UZTELECOM sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislarida ulanish mumkin.
  • IP-telefoniya xizmati Internet xizmatlari faol holatda boʻlishi sharti bilan taqdim etiladi.
  • IP-telefoniyaning cheklovsiz tarif rejalarida chiquvchi qo‘ng‘iroqlar (shu jumladan, tarmoq ichida) uchun texnologik cheklov oyiga 45 000 daqiqani tashkil etadi. Belgilangan limitdan ortiq qo‘ng‘iroqlar amalga oshirilgan holda, chiquvchi qo‘ng‘iroqlar tarifga binoan belgilangan limitdan oshgan qo‘ng‘iroqlar sifatida 125-1/1-son Narxnomaga muvofiq narxlanadi.
  • IP-telefoniya xizmati hisob raqamida yetarli miqdorda mablag‘lar bo‘lgandagina taqdim etiladi, hisob raqamida yetarli miqdorda mablag‘lar bo‘lmagan hollarda, to‘lov amalga oshirilmagunga qadar, xizmat oldindan ogohlantirilmagan holda, o‘chirib qo‘yiladi.

  • Internet xizmatlarini taqdim etishning boshqa shartlari va ularning tariflar doirasidagi tarifikatsiyasi Xizmatlarni taqdim etish qoidalari va shartlarida koʻrsatilgan.
TAS-IX da saytni tekshirish yoki tezlikni o`lchash

«FOYDALI 1+» tarifiga ulanish

Shaxsiy kabinetda

tarif rejasini almashtiring


Uztelecom xizmatlariga ulanish uchun

Onlayn ariza bering