1 000 000 so'm

Oylik abonent to'lovi

mazkur tarifga ulanish
  • Cheklanmagan

    Trafikka kiritilgan limit

    Internetga ulanish tezligi


  • 1000 Mbit/sek






  • TAS-IX va UZ-IX tarmog'i uchun (tunu-kun) texnologiyalar bo'yicha Internet tezligi:


  • 1000 Mbit/sek

    GPON

  • 120 tadan ortiq telekanal

    Kanallar ro'yxatini ko'rish

  • Cheklanmagan

    IP-telefoniyaga kiritilgan limit

HAMMASI BIRGA 5” tarif rejasidan foydalanuvchi Internet xizmatlari abonentlariga (mavjud abonentlarga yoki yangi ulanishda) mobil aloqa va IP-telefoniya xizmatlari uchun pullik toifadagi raqamlarni ulash imkoniyati beriladi:

GSM standartidagi mobil aloqa*

IP-telefoniya

5-toifadan 10-toifagacha boʻlgan bitta raqam 99 % chegirma bilan (99/95 kodli raqamlar diapazonidan)

6-toifadan 9-toifagacha boʻlgan bitta raqam 100 % chegirma bilan

  • *mobil aloqa va IP-telefoniya xizmatlari uchun pullik toifadagi raqamlar xizmatni ulash vaqtida boʻsh raqam mavjud boʻlganda, belgilangan toifalarning diapazonidan taqdim etiladi


“HAMMASI BIRGA 5” tarif rejasidagi abonentlar uchun quyidagilar taqdim etiladi:

  • - to‘lov amalga oshirilgan paytdan boshlab bir ish kuni ichida tezkor ulanish (yakshanba va bayram kunlaridan tashqari);
  • - personal ravishda xizmat koʻrsatish 24/7;
  • - ish vaqti davomida ariza berilgan paytdan boshlab 24 soat ichida (yakshanba va bayram kunlaridan tashqari) yoki abonent bilan kelishilgan boshqa vaqtda nosozliklarni bartaraf etish.
  • Ushbu tarif rejasi jismoniy shaxslar, shuningdek, fuqarolik-huquqiy munosabatlar ishtirokchisi bo‘lgan, yuridik shaxsni tashkil etmasdan tadbirkorlik yoki boshqa faoliyat bilan shug‘ullanuvchi shaxs boʻlgan abonentlar uchun moʻljallangan. Xizmatlar faqat shaxsiy ehtiyojlar uchun taqdim etiladi, ushbu tarif rejasidan tijorat maqsadlarida foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
  • Ulanish GPON texnologiyasi asosida, texnik imkoniyatlar mavjud boʻlganda amalga oshiriladi.
  • Boshqa tarif rejalaridan “HAMMASI BIRGA 5” tarif rejasiga o‘tish faqat “O‘zbektelekom” AK sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislarida amalga oshiriladi. Texnik imkoniyat mavjud boʻlmagan hollarda abonent xohishiga binoan, shartnoma asosida qoʻshimcha liniya oʻtkazilishi mumkin.
  • Agar ushbu shartlar doirasida mobil aloqa va IP-telefoniya xizmatlari uchun pullik toifadagi raqamlar ajratilgan bo‘lsa, abonent “HAMMASI BIRGA 5” tarif rejasida 4 oy (hisob-kitob davri) davomida Internet tarmogʻiga ulanish xizmatlaridan foydalanishi shart. 
  • Shartnoma bekor qilinganda yoki “HAMMASI BIRGA 5” tarif rejasiga ulangan kundan 4 oy (hisob-kitob davri) oʻtmasdan boshqa tarif rejalariga o‘tilganda, tarif rejasining shartlari bo‘yicha mobil aloqa va IP-telefoniya xizmatlari uchun ilgari taqdim etilgan pullik toifadagi raqamlar “O‘zbektelekom” AK tomonidan bir tomonlama tartibda oʻchiriladi. Agar abonent pullik toifadagi raqamlarini saqlab qolishni istasa, ularning narxini toifagasiga koʻra Narxnoma boʻyicha toʻliq to‘lashi shart, aks holda pullik toifadagi raqamlarni taqdim etish boʻyicha shartnoma bir tomonlama tartibda bekor qilinadi.
  • IP-telefoniya uchun pullik toifadagi raqamdan foydalanish uchun abonent to‘lovi “HAMMASI BIRGA 5” tarif rejasining narxiga kiritilgan. Mobil aloqa xizmatlari uchun pullik toifadagi raqamdan foydalanish uchun abonent to‘lovi tanlangan mobil aloqa tarif rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.
  • Internet xizmatlarini “HAMMASI BIRGA 5” tarif rejasiga ulash, shuningdek, mobil aloqa va IP-telefoniya xizmatlari uchun ushbu shartlar asosida ajratilgan pullik toifadagi raqamlarni rasmiylashtirish faqat bitta shaxsning nomiga amalga oshirilishi lozim.
  • Ushbu tarif rejasiga ulanishda Kompaniya hisobidan abonent kabeli (200 metrgacha) taqdim etiladi. 200 metrdan ortiq sarflangan abonent kabeli uchun toʻlov amaldagi tarifga muvofiq abonent tomonidan amalga oshiriladi.
  • Belgilangan tezlik VDSL texnologiyasi orqali ulangan abonentlarga taqdim etiladi. Haqiqiy kirish tezligi abonent liniyasining uzunligiga va abonent tomonida o‘rnatilgan oxirlovchi uskunaga qarab e’lon qilingan tezlikdan farq qilishi mumkin. Abonentgacha bo‘lgan ma’lumotlarni uzatish tezligi (ma’lumotlarni yuklab olish tezligi) ko‘rsatilgan.
  • Maʼlumotlar uzatish tarmog‘i, jumladan, Internet tarmog‘iga kirishning haqiqiy tezligi taʼminlanishi abonent tomonidagi uskunalarga, shuningdek, “O‘zbektelekom” AKga tegishli bo‘lmagan va boshqa tarmoqlar hamda serverlar egalari tomonidan o‘rnatilgan tarmoqlar va serverlarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga bog‘liq.

TELECOM TV portalida OTT-televideniye xizmatlarini taqdim etish shartlari:

  • TELECOM TV portalida media-kontentni koʻrish uchun foydalanuvchilar TELECOM TV ilovasini oʻz qurilmalariga yuklab olishlari va oʻrnatishlari kerak. Birinchi avtorizatsiya “O‘zbektelekom” AKning uydagi Internet tarmog‘iga ulangan qurilmada TELECOM TV ilovasi ishga tushirilganda avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Qurilma “O‘zbektelekom” AKning uydagi Internet tarmog‘iga ulanmagan boʻlsa, avtorizatsiya login va parolidan foydalangan holda amalga oshiriladi;
  • OTT- xizmatlari Internet xizmatlari faol holatda boʻlishi sharti bilan taqdim etiladi.
  • Telekanallarning batafsil roʻyxati https://telecomtv.uz veb-saytida eʼlon qilingan, telekanallar soni va roʻyxatiga oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
  • TELECOM TV platformasida foydalanuvchilar uchun arxivdagi telekanallar efirlarlarini ko‘rish imkoniyati hamda “o‘tkazish” funksiyasidan foydalanish imkoniyati taqdim etiladi.
  • Bitta obuna doirasida media-kontentni koʻrish uchun beshtagacha qurilmadan foydalanish mumkin.
  • Tariflar uskunaning narxini oʻz ichiga olmaydi.
  • TELECOM TV platformasi foydalanuvchilariga boshqa media-kontentga (filmlar, teleseriallar, musiqalar va boshqalar) obuna boʻlish imkoniyati beriladi, qoʻshimcha obunalar uchun toʻlov shaxsiy hisobda mablagʻlar mavjud boʻlganda, alohida tasdiqlangan tariflar boʻyicha undiriladi.

IP-telefoniya xizmatlarini taqdim etish shartlari:

  • IP-telefoniya xizmati uchun ro‘yxatdan o‘tishda to‘lov olinmaydi.
  • Tariflarga abonent qurilmasining va sarf materiallari narxi kiritilmagan.
  • Pullik toifadagi raqamlarni ajratish uchun to‘lov alohida tasdiqlangan tariflar bo‘yicha olinadi («HAMMASI BIRGA 5» tarif rejasi doirasida taqdim etilayotgan pullik toifadagi raqamlardan tashqari).
  • Abonent to‘lovi va foydalanilmay qolgan daqiqalar limiti keyingi hisob-kitob davriga o‘tkazilmaydi.
  • Mazkur tarif rejasi doirasida faqat bitta telefon raqamini ulash mumkin.
  • Xalqaro darajadagi chiquvchi qo‘ng‘iroqlar shaxsiy hisob raqamida 3000 so‘m miqdorida oldindan to‘lov mavjud bo‘lishi sharti bilan taqdim etiladi,  qo‘ng‘iroqlar tarifikatsiyasi 125-1/1-son Narxnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
  • Qo‘shimcha xizmat turlari, axborot-maʼlumot xizmatlari, qayta rasmiylashtirish, raqamni almashtirish va boshqa xizmatlar bo‘yicha to‘lovlar 125-1/7-son Narxnomaga muvofiq amalga oshiriladi, kontent-xizmatlar bo‘yicha to‘lovlar alohida qiymat bo‘yicha amalga oshiriladi.
  • IP-telefoniya xizmatiga GPON va FTTB texnologiyalari bo‘yicha ulanish abonentning ushbu xizmatni qo‘llab-quvvatlaydigan tegishli oxirlovchi qurilmalari mavjud bo‘lgandagina amalga oshiriladi.
  • IP-telefoniya xizmatiga UZTELECOM sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislarida ulanish mumkin.
  • IP-telefoniya xizmati Internet xizmatlari faol holatda boʻlishi sharti bilan
  • taqdim etiladi.
  • IP-telefoniyaning cheklovsiz tarif rejalarida chiquvchi qo‘ng‘iroqlar (shu jumladan, tarmoq ichida) uchun texnologik cheklov oyiga 45 000 daqiqani tashkil etadi. Belgilangan limitdan ortiq qo‘ng‘iroqlar amalga oshirilgan holda, chiquvchi qo‘ng‘iroqlar tarifga binoan belgilangan limitdan oshgan qo‘ng‘iroqlar sifatida 125-1/1-son Narxnomaga muvofiq narxlanadi.
  • IP-telefoniya xizmati hisob raqamida yetarli miqdorda mablag‘lar bo‘lgandagina taqdim etiladi, hisob raqamida yetarli miqdorda mablag‘lar bo‘lmagan hollarda, to‘lov amalga oshirilmagunga qadar, xizmat oldindan ogohlantirilmagan holda, o‘chirib qo‘yiladi.
  • Boshqa tarif rejalaridan ushbu tarif rejalariga o‘tish faqat “O‘zbektelekom” AK sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislarida amalga oshiriladi.


TAS-IX da saytni tekshirish yoki tezlikni o`lchash

«HAMMASI BIRGA 5» tarifiga ulanish

Shaxsiy kabinetda

tarif rejasini almashtiring


Uztelecom xizmatlariga ulanish uchun

Onlayn ariza bering