«NIGHT UNLIM» va «24 UNLIM» qo‘shimcha xizmatlari



Xizmat narxi

Xizmatlar nomi Xizmatlarning amal qilish muddati Seansvaqtida Internet tarmog‘iva TAS-IXga ulanishtezligi Tashqi trafikka kiritilgan limit, MB Xizmatlar narxi, so‘m
NIGHT UNLIM-1 soat 00:00dan 12:00gacha (bir kecha) 1 Mbit/s. Cheksiz 3 500 so‘m
NIGHT UNLIM-2 soat 00:00dan 12:00gacha (bir kecha) 2 Mbit/s. 6 000 so‘m/td>
24 UNLIM – 1 1 kecha-kunduzda (24 soat) 1 Mbit/s. 10 000 so‘m
24 UNLIM – 2 1 kecha-kunduzda (24 soat) 2 Mbit/s. 18 000 so‘m
NIGHT UNLIM-20* soat 00:00dan 12:00gacha (bir kecha)* 20 Mbit/s. 10 000 so‘m
NIGHT UNLIM-40* soat 00:00dan 12:00gacha (bir kecha)* 40 Mbit/s. 15 000 so‘m

*Faqat FTTx texnologiyasi bo‘yicha abonentlarga taqdim etiladi.


Abonеntning jismoniy shaxslar uchun «NIGHT UNLIM» va «24 UNLIM» qo‘shimcha xizmatlariga ulanish tartibi yo‘riqnomasi buyerdan, tanishish mumkin.




«NIGHT UNLIM» va «24 UNLIM» xizmatlarini taqdim etish shartlari:

  • «NIGHT UNLIM» va «24 UNLIM» xizmatlari faqat jismoniy shaxslarga taqdim etiladi.
  • «NIGHT UNLIM» va «24 UNLIM» xizmatlari faqat abonent balansi hisobida «NIGHT UNLIM» va «24 UNLIM» xizmatlari joriy oyga oldindan to‘langan abonent to‘lovidan xizmat haqini hisoblab olish uchun yetarli mablag‘ mavjud bo‘lganida taqdim etiladi.
  • «NIGHT UNLIM» va «24 UNLIM» xizmatlariga oyning oxirgi kunlarida ulanib bo‘lmaydi.
  • «24 UNLIM» va «NIGHT UNLIM» xizmatlarini sotib olish faqat shaxsiy kabinetda amalga oshiriladi.
  • Mablag‘larni hisoblab olish SMS-xabar kodi tasdiqlangan vaqtda amalga oshiriladi. Tasdiqlangan xizmatni bekor qilish – mumkin emas.
  • «NIGHT UNLIM» va «24 UNLIM» xizmatlari amal qilish davrida:
  • «NIGHT UNLIM» va «24 UNLIM» xizmatlari 1 Mbit/s.dan past tezlikdagi tarif rejalarida Internet tarmog‘i va TAS-IXga ulanishda sotib olingan «NIGHT UNLIM-1», «24 UNLIM-1» yoki «NIGHT UNLIM-2», «24 UNLIM-2» xizmatlarga bog‘liq holda xizmatning amal qilish tezligi 1 yoki 2 Mbit/s.gacha oshadi;
  • «NIGHT UNLIM» va «24 UNLIM» xizmatlari 1 yoki 2 Mbit/s.dan yuqori tezlikdagi tarif rejalariga ulanishda xizmat amal qilish davrida Internet tarmog‘i va TAS-IXga ulanishda sotib olingan «NIGHT UNLIM-1», «24 UNLIM-1» yoki «NIGHT UNLIM-2», «24 UNLIM-2» xizmatlarga bog‘liq holda 1 yoki 2 Mbit/s.ga pasayadi.
  • Xizmat amal qilish davri tugaganda Internet tarmog‘iga ulanish tezligi tarif rejasida belgilangan narxga muvofiq tiklanadi.
  • Agar SMS-xabar kodi tasdiqlanganidan keyin faollashtirilgan, biroq foydalanilmagan bo‘lsa, pul mablag‘i qaytarib berilmaydi.
  • Agar abonent «NIGHT UNLIM» xizmatini sotib olgan bo‘lsa - «24 UNLIM» xizmatiga buyurtma berish mumkin emas.
  • «24 UNLIM» xizmatini faollashtirish SMS-xabar kodining tasdiqlanishi bilan amalga oshiriladi. Xizmatga ulanganidan keyin navbatdagi 24 soat mobaynida abonent trafigi narxi hisoblanmaydi.
  • «24 UNLIM» xizmatini faqat bir kecha-kunduz (24 soat)ga sotib olish mumkin. Zarur holatda bir necha kecha-kunduz foydalanish mumkin, har bir kecha-kunduzga alohida sotib olinishi shart.
  • «NIGHT UNLIM» xizmatlarini soat 12:00 dan 00:00 gacha (Aksiya davrida 18:00 dan 00:00 gacha) sotib olingan taqdirda, xizmatdan faqat soat 00:00 dan keyin foydalanish mumkin. Soat 00:00 dan 12:00 gacha (Aksiya davrida 00:00 dan 18:00 gacha) sotib olinsa, xizmatdan darhol foydalanish mumkin bo'ladi.
  • «NIGHT UNLIM» xizmatini 00:00 soatdan kech vaqt oralig‘ida sotib olinsa, trafik hajmi sotib olingan vaqtdan tarif rejasida o‘rnatilgan narx bilan hisoblanadi.
  • «Night Racer» seriyasi tarif rejalari, shuningdek, arxiv tarif rejalari uchun - «NIGHT UNLIM» va «24 UNLIM» xizmatlari taqdim etilmaydi.