25 July 2022

“CHIROYLI” raqamni qayta rasmiylashtirish uchun 90 % chegirma!


2022-yilning 25-iyuldan 25-avgustga qadar aksiya doirasida pullik toifadagi raqamni qayta rasmiylashtirishda raqam narxidan atigi 10 foizini to‘lang.

UZTELECOM “Shartnomani qayta rasmiylashtirish” xizmati yordamida qulay shartlarda mobil aloqa abonenti boʻlishni  taklif qiladi. Endi, aksiya doirasida Siz chiroyli raqamingizni doʻstlaringizga yoki yaqinlaringizga “tuhfa qilmoqchi” boʻlsangiz, uni yangi foydalanuvchi nomiga imtiyozli shartlarda, ya’ni 90 % chegirmali narxlarda qayta roʻyxatdan oʻtkazishingiz mumkin.

Aksiya GSM va CDMA-450 standartidagi mobil aloqa abonentlari (jismoniy va yuridik shaxslar) uchun amal qiladi. Aksiyada pullik toifadagi raqam uchun toʻliq toʻlovni amalga oshirgan foydalanuvchilar ishtirok etishlari mumkin. “Shartnomani qayta rasmiylashtirish” xizmati narxi - 8 400 soʻm.

UZTELECOM bilan imtiyozli shartlarda chiroyli raqam sohibiga aylaning.

Aksiya shartlari bilan bu yerda batafsil tanishishingiz mumkin.

UZTELECOM – Milliy operator!



Yangilik bilan ulashish: