20 April 2021

“IKKI KARRA INTERNET” AKSIYASI – INTERNET KO‘P ... BO‘LADI!



Milliy operator o‘ta hamyonbop va ikki karra ko‘proq hajmga ega internet-paketlarni taqdim etuvchi “Ikki karra Internet” aksiyasini taqdim etadi!

Bahorgi ob-havo barchani so‘zlashuvga va yangi do‘stlar orttirishga, rivojlanish va yaxshilanishga, yangilanish va yaxshi tarafga o‘zgarishga chorlaydi. Shunga o‘xshash maqsadlarga erishishning eng oson va tez yo‘li bu, albatta, Internetdir! Bularning barchasini ko‘zda tutgan holda, milliy operator eng faol internet foydalanuvchilari uchun “Ikki karra Internet” aksiyasini taqdim etadi!

2021 yil 20-apreldan 25-maygacha bo‘lgan davrda GSM standartidagi UZTELECOM mobil aloqa operatori abonentlari 500, 1 500 va 3 000 MB nominal qiymatlariga ega bo‘lgan cheklangan aksiya doirasida Internet-paketlardan birini qulay narxlarda ulab, 2 karra ko‘proq Internet-trafik olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar! Shunda
1 500 MB uchun to‘lovni amalga oshirsangiz, buning evaziga ikki baravar ko‘proq, ya‘ni 3 000 MB olasiz – bu “Ikki karra Internet” aksiyasining ajoyib хususiyatidir!


Aksiyada quyidagi tarif rejalarga ulangan GSM tarmog‘i abonentlari (jismoniy va yuridik shaxslar) ishtirok etishlari mumkin:

 


Jismoniy shaxslar uchun

“Aloqachi”, “Yoshlar”, “Oddiy 10”, “TA‘LIM”, “MAKTAB”, “Street”, “OnLime”, “Flash”, “Ishbilarmon”, “Street Upgrade”, “Flash Upgrade”, “C1”, “C2”, “C3”, “C4”, “E‘ZOZ”, “Salom”, “Salom Plus”, “Step”, “Traffic”, “Uzmobile 1200”, “Uzmobile 4000”, “Constructor”, “Uzmobile VIP”,  “Komfort”.

Yuridik shaxslar uchun

“Xizmat 1/2/3”, “Business Voice/25/35/50/70”, “Budget basic”, “Просто 10”, “Budget 400”, “Ta'lim for corporate”, “Budget 1500”, “Ishbilarmon”, “C1”, “C2”, “C3”, “C4”, “Salom”, “Salom Plus”, “Step”, “Traffic”, “Uzmobile 1200”, “Uzmobile 4000”, “Business 500”, “Business 2500”, “Constructor”, “Uzmobile VIP”.
 


Shuni ta‘kidlash kerakki, mazkur aksiyaga UZTELECOM savdo ofislarida yoki Call-Center operatorlari yordamida, maxsus USSD-so‘rov yoki SMS-xabar yuborish orqali ulanish mumkin. Ushbu Internet-paketlarga agentlik shartnomasi asosida savdo shaxobchalari orqali ulanish mumkin emas.

Jismoniy va yuridik shaxslar uchun paketni faollashtirish:


 

Internet-paketni faollashtirgandan so‘ng, operator tomonidan har bir abonentga to‘plam ulanganligi va uning holatini tekshirish usuli to‘g‘risida SMS-xabar keladi.

 

UZTELECOM dan “IKKI KARRA INTERNET” aksiyasi – bahor barchani sovg‘alar bilan quvontirishda davom etmoqda!

Aksiya yuzasidan batafsil ma'lumot mazkur havolada

UZTELECOM – milliy operator.



Yangilik bilan ulashish: