20 December 2023

MyUZTELECOM ning yangi imkoniyatlari: bank kartalari o‘rtasida bepul o‘tkazmalar va 3% gacha cashback!


 

MyUZTELECOM mobil ilovasidan foydalaning va BONUSlarga ega bo‘ling

   
 

2024-yilning 20-mayiga qadar UZTELECOM MyUZTELECOM ilovasida 1 kalendar oyiga 10 milliongacha bo‘lgan O’zbekiston bo‘ylab pul o‘tkazmalari uchun to‘lovlarni bekor qiluvchi aksiyani yo‘lga qo‘ydi. UZTELECOMning maqsadi foydalanuvchilar uchun moliyaviy amaliyotlarda qulaylik yaratishdir.

MyUZTELECOM mobil ilovasida kartadan kartaga o‘tkazish jarayoni oddiy:

  • 1-qadam – "Moliya" bo‘limida bank kartasini tanlang;
  • 2-qadam – qabul qiluvchining karta raqamini kiriting;
  • 3-qadam – o‘tkazma miqdorini belgilang va "Yuborish" tugmasini bosing.


Aksiyada ishtirok etish orqali foydalanuvchilar komissiyalar uchun pulni tejashadi. Masalan, 10 million so‘mni o‘tkazishda MyUZTELECOM foydalanuvchilari 100 ming so‘mgacha komissiya to‘lashdan ozod qilinadi. Agar foydalanuvchilar ushbu 100 000 so‘mni MyUZTELECOM ilovasi orqali UZTELECOM xizmatlarini to‘lash uchun sarflasa, ular 3% gacha keshbek oladi. Keshbekdan olingan mablag‘lar 100 dan ortiq xizmatlarni to‘lash yoki bank kartasiga o‘tkazish uchun ishlatilishi mumkin.

Keshbekni qanday olish mumkin?
 

  • 1-qadam – Cashback hamyonini oching;
  • 2-qadam – Identifikatsiyadan o‘ting.


MyUZTELECOM ilovasini bugunoq yuklab oling va o‘z mablag‘ingizni komissiyasiz oson va foydali tarzda boshqaring.



Yangilik bilan ulashish: