17 May 2021

UZTELECOMdan "Oila uchun" aksiyasi – oilangiz bilan chegarasiz aloqada bo‘ling!



2021 yil 17-maydan 17-iyungacha bo‘lgan davrda UZTELECOM mobil aloqasining jismoniy shaxslari uchun "OILA UCHUN" xizmatiga 90% chegirma e’lon qiladi!

O‘zbek xalqi, har doim o‘z oilalariga nisbatan cheksiz muhabbati va mehr ko‘rsatishi  bilan ajralib turadi. Biz uchun har doim va har yerda - uyda, ishda, safarda - oilamiz, yaqinlarimiz bilan iliq munosabatlarni saqlash juda muhim va yuqori sifatli mobil aloqa bu borada katta yordam beradi.

UZTELECOM o‘z abonentlari uchun maxsus “Oila uchun” xizmatini taqdim etib keladi, bu esa abonentlarga guruh ichida cheksiz miqdorda mutlaqo bepul muloqot qilish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, bugundan boshlab UZTELECOM siz sevib ulgurgan “Oila uchun” xizmatiga ajoyib 90% chegirmali aksiyani e’lon qiladi!
 

Nomi

 Narxi, so‘m

Oylik abonent to‘lovi

210

Faollashtirish

42


Shunday qilib, 2021 yil 17-maydan 17-iyungacha bo‘lgan davrda ushbu xizmatdan chegirmali narxda, ya‘ni 210 so‘mdan foydalanish mumkin bo‘ladi!


Xizmatni yoqish uchun maxsus USSD-so‘rovdan foydalanishingiz, shaxsiy kabinetingiz orqali xizmatni yoqishingiz yoki Kompaniyaning sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislaridan biriga murojaat qilishingiz mumkin.
 

Xizmatni faollashtirish yoki o‘chirish

 USSD

Faollashtirish

*111*1/2*17*1#

O‘chirish

*111*1/2*17*2#


Shuni ta‘kidlash kerakki, Ishbilarmon, Royal, Uzmobile M2M, M2M Basic, Uzcard GSM, Humo GSM tarif rejalari abonentlari aksiyadan foydalana olmaydilar.

"OILA UCHUN" aksiyasi - 10 barobar kamroq to‘lang, oilangiz bilan yuz marotaba ko‘proq muloqotlashing!

Aksiya yuzasidan batafsil ma'lumot mazkur havolada

UZTELECOM - milliy operator.



Yangilik bilan ulashish: