25 March 2024

Nurota tumanining olis hududidagi tayanch stansiyasiga quyosh panellari o‘rnatildi



Bugungi kunda mamlakatimizda iqtisodiy va ijtimoiy soha obyektlarida energiya tejovchi texnologiyalar va muqobil energiya manbalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mazkur yo‘nalishdagi faoliyatlar “O‘zbektelekom” AK tomonidan ham respublika kesimidagi filiallar misolida izchil amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, telekommunikatsiya qurilmalarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida Kompaniyaning Navoiy filiali xodimlari tomonidan Nurota tumanining olis hududidagi Chuya qishlog‘ida joylashgan tayanch stansiyasiga quyosh panellari o‘rnatildi.

Aytish mumkinki, Kompaniya tomonidan bugunga qadar respublika bo‘ylab joylashgan mingdan ziyod tarmoq obyektlari muqobil energiya manbalari bilan ta’minlangan.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati



Yangilik bilan ulashish: