05 April 2024

“Yashil makon” loyihasining bahorgi mavsumi davom etmoqda



Yaqinda Prezidentimiz tomonidan “Yashil makon” loyihasi doirasida bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish hamda chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi.

Unda belgilangan vazifalarga muvofiq, joriy yilda respublikamiz bo‘ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kamida 200 million tup manzarali va mevali daraxt hamda butalar ko‘chatlarini ekish hamda 444 ta yashil bog‘ barpo etish rejalashtirilgan.

Davlat dasturi loyihasida ham ko‘zda tutilgan ushbu xayrli ishlarga “O‘zbektelekom” AK tomonidan ham munosib hissa qo‘shilmoqda. Xususan, Kompaniya rahbariyati va mas’ul xodimlari Toshkent viloyati hududida manzarali va mevali daraxt ekib bog‘ yaratishdi.

Aytish joizki, ko‘chat ekib, bog‘ yaratishdek  ezgu an’ana Kompaniyaning hududiy filiallar xodimlari tomonidan respublika bo‘ylab amalga oshirilmoqda.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati





Yangilik bilan ulashish: