21 November 2018

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishiga oid bildirish

HURMATLI AKSIYADORLAR!

“O‘zbektelekom” AK aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini 2018 yil 1 dekabr kuni soat 10:00 da Toshkent shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 28 “A” uyda joylashgan Kompaniya Bosh ofisining majlislar zalida quyidagi kun tartibida o‘tkaziladi:

1.

“O‘zbektelekom” AK aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida.

2.

“O‘zbektelekom” AK bosh direktorini tayinlash.

 

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o’tkazish to’g’risida aksiyadorlarga xabar berish uchun aksiyadorlarning ro’yxati 2018 yil 20 noyabr holatiga tuziladi.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega aksiyadorlarning ro’yxati 2018 yil 27 noyabr holatiga tuziladi.

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishda qatnashish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat yoki aksiyadorlarning vakillari o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma bilan kelishlari lozim.

Aksiyadorlarni ro'yxatga olish 2018 yil 1 dekabr kuni soat 09:30 dan 10:00 gacha "O'zbektelekom" AK binosida o'tkaziladi.

Ma’lumot uchun telefonlar: 239-23-78, 239-23-55

 

 



Yangilik bilan ulashish: