12 March 2024

Aloqa kabellari oʻtgan hududlarda yer qazish ishlarini olib borishdan oldin tanishib oling!


Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarlari, yer qazish texnikasi egalari va yerdan foydalanuvchilar diqqatiga!


Aholiga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan yer osti magistral aloqa kabellari davlat muhofazasiga olingan. Ularning har ikki tomondan 2 metr qismi himoya hududi hisoblanadi. Mazkur hududlarda ruxsatsiz barcha turdagi yer qazish-ko‘mish va turli shakldagi qurilish ishlarini amalga oshirish taqiqlanadi!

Yer osti kabel liniyalari trassalarida – chuqurlar qazish, yo‘llardan vaqtincha burilish joylari ochish, transport o‘tadigan yo‘lni yopish va suv o‘tkazish uchun yer qazish, dalalarni tekislash, qoziq qoqish, to‘siq uchun tirgovuch o‘rnatish, tuproq namunasini olish, turli maqsadlar uchun xandaqlar qazishni amalga oshirish uchun aloqa kommunikatsiyalari egalarining yozma ravishdagi roziligi olinishi lozim.

Mavjud aloqa kommunikatsiyalari va inshootlarini ushbu kommunikatsiya va inshootlar egalari bilan kelishmasdan boshqa joyga ko‘chirish taqiqlanadi.

Agar aloqa kabeli o‘tgan hududlarda yer qazish va qurilish ishlarini amalga oshirish zaruriyati tug‘ilsa, "O‘zbektelekom" AKning joylardagi xodimlariga yoki 1133  qisqa raqamiga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Vazirlar Mahkamasining "Telekommunikatsiya liniyalari va inshootlarini muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi Qarori
 

Murojaat uchun telefon raqamlari Respublika bo’yicha qisqa raqam 1133

Qo’shimcha ravishda bog’lanish telefon raqamlari:

Hudud

Manzil

Aloqa

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Nukus sh., Ashxobod ko‘chasi, 1-uy.

99-954-86-86, 99-563-62-06, 61-222-27-41, 99-955-05-90

Toshkent shahar va Toshkent viloyati

Toshkent sh., Qozitarnov ko‘chasi, 29-uy.

99-866-71-77, 99 -833-19-32, 71-234-97-43, 99-535-08-90

Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari

Qo‘qon sh., Yangichorsu ko‘chasi, 264-uy.

95-710-00-20, 99-365-03-84, 99-365-03-79

Sirdaryo va Jizzax viloyatlari

Sirdaryo v., Mirzaobod tumani.

99-473-05-12, 99-470-50-04, 67-227-16-20, 99-473-97-99

Samarqand viloyati

Bulug‘ur tum, Samarqand ko‘chasi, 18-uy.

99-599-01-77, 99-599-99-00, 66-240-08-34, 66-442-81-92, 99-599-02-66

Buxoro viloyati

Buxoro sh., G‘ijduvon ko‘chasi, 69-uy.

99-707-07-37, 99-732-50-39, 65-221-92-46, 65-221-81-92, 99-707-08-13

Surxondaryo viloyati

Termiz sh., Taraqqiyot ko‘chasi, 32-uy.

99-675-11-04, 99-715-63-13, 76-223-55-51, 76-223-13-85, 99-715-63-00

Qashqadaryo viloyati

Qarshi sh., Xusniobod ko‘chasi, 1-uy.

99-675-11-04, 99-715-63-13, 76-223-55-51, 76-223-13-85, 99-715-63-00

Xorazm viloyati

Urganch sh., Do‘sov ko‘chasi, 2-uy.

99-560-52-01, 99-965-28-78, 62-223-36-36, 99-560-52-03

Navoiy viloyati

Navoiy sh., Sadoqat ko‘chasi, 2b-uy.

99-735-00-55, 99-756-55-99, 79-224-42-58, 99-750-01-91


Yangilik bilan ulashish: