22 August 2019

Hurmatli abonentlar!

UZMOBILE bundan buyon davlat subdomenida (gov.uz) joylashgan axborot resurslariga kirish uchun ishlatiladigan trafikni narxlamaydi.

Ushbu imtiyoz O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 22 maydagi "O'zbekiston Respublikasining aholi punktlarida telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 4329-son qarorida ko'zda tutilgan.

Endi UZMOBILE abonentlari interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanishlari, davlat organlarining rasmiy yangiliklari va mamlakat hayotidagi so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lishlari mumkin.

UZMOBILE - ishonchli mobil aloqa operatori.



Yangilik bilan ulashish: