14 February 2020

Internet xizmatlariga ulanish uchun arizalarni endi onlayn topshirish mumkin





Hurmatli abonentlar, endi keng polosali aloqa xizmatlariga ulanish uchun “O‘zbektelekom” AKning sotuv va xizmat ko'rsatish ofislariga tashrif buyurmay onlayn tarzda ariza berishingiz mumkin. Keng polosali aloqa xizmatlariga ulanish uchun murojaat qiluvchi muayyan mijozlarga qulay sharoitlar yaratish maqsadida, arizalar bevosita “1084” qisqa raqami bo‘yicha Axborot markaziga qo‘ng‘iroq qilish, shuningdek Kompaniya rasmiy saytining “Onlayn dastur” bo’limi orqali qabul qilinadi.

"O'zbektelekom" AK hududiy filiallariga, Call -markazdan arizalar kelib tushgan paytdan boshlab, abonentga aktivlashtirishning rejalashtirilgan vaqti, aksiyalarning amaldagi shartlari va to'lov muddati to'g'risida bir ish kunidan kechiktirmgan holda xabar berish topshirilgan.

Mijozlarga xizmat ko‘rsatishda “O‘zbektelekom” AK aloqa xizmatlariga ulanish uchun ariza berishdan boshlab mijozlarga yo‘naltirilgan o‘z yondashuvini namoyon etmoqda.

Ishonchli yuqori tezlikdagi Internet, qulay va arzon tariflar, onlayn ariza berish har qanday qulay usulda.

Biz bilan qulay bo‘lishi uchun biz barchasini amalga oshiramiz!



Yangilik bilan ulashish: