19 February 2024

Jismoniy shaxs bo‘lgan abonentlar uchun Internetga kirish xizmatlari tariflarining o‘zgarishi

2024-yil 1-martdan jismoniy shaxs bo‘lgan abonentlar uchun Internetga kirish xizmatlari ba’zi tarif rejalariga o‘zgartirishlar kiritilayotganini ma’lum qilamiz.

O‘zgarishlar Unlim 15, Unlim 20, Unlim 20 Premium, Unlim 30, YANGI 1, YANGI 2 tarif rejalariga taalluqli bo‘ladi. 

Kiritilayotgan oʻzgartirishlarga koʻra, yuqoridagi tarif rejalarda Internetdan foydalanish tezligi oshirilmoqda, TELECOM TV interaktiv televideniyesi orqali 80 tadan ortiq telekanalni koʻrish imkoniyati qo‘shilmoqda, shuningdek tarif rejalarining abonent to‘lovi o‘zgartirilmoqda.

Shuni ta’kidlash lozimki, yuqoridagi tarif rejalar arxiv tarif rejalari bo‘lib, yangi ulanishlar va boshqa tarif rejalardan o‘tish uchun yopiq hisoblanadi. Ayrim tarif rejalari 2019-yilda joriy qilingan bo‘lib, hozirgi kunda Internet foydalanuvchilarning o‘sib borayotgan ehtiyojlarni qondira olmaydi.

UZTELECOM tomonidan doimiy ravishda Internetga keng polosali ulanish xizmatlarining sifatini oshirish ustida ish olib borilib, Respublikamizning shahar va chekka tumanlarida ham optik tolali aloqa liniyalari yotqizilmoqda.

Zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish va telekommunikatsiya tarmog‘ini modernizatsiya qilish natijasida UZTELECOM abonentlariga yuqori tezlikdagi Internetdan foydalanish imkoniyati yaratilmoqda.

Biz abonentlarimizning tushunishi va qo‘llab-quvvatlashini qadrlaymiz va UZTELECOM xizmatlarini yanada yaxshiroq va qulayroq qilish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiramiz.

O‘zgarishlar haqida ko‘proq ma’lumotni ushbu havola orqali olish mumkin.

Bundan tashqari, ushbu havola orqali siz joriy tariflar bilan tanishib chiqishingiz va ulardan biriga o‘tishingiz mumkin



Yangilik bilan ulashish: