16 February 2019

Milliy operator “Oʻzbektelekom” AK хalqqa yanada yaqin!

Bugun poytahtimiz Mirzo Ulug`bek tumani aholisi  uchun aloqa xizmatlariga ulanish bo‘yicha “Oʻzbektelekom” AK  tomonidan maxsus ko‘chma aksiyalar o‘tkazildi.  Kompaniya hodimlari mazkur aksiyalarni tantanavor tarzda o`tkazishdi. Huddi shunday aksiyalar Farg`ona vodiysi Andijon shahri,  Namangan viloyati, Buxoro viloyati va Qoraqalpoqiston Respublikasi  tuman va mahallalarida  o`tkazildi. Shu qatorda alohida takidlab o`tish joizki Andijon filiali hodimlari tomonidan Andijon shahri O`zbegim mahallasida o`tkazilgan aksiyada Wi-Fi zona tashkil qilinib, hohlovchilar uchun internet xizmatidan test tariqasida foydalanib ko`rish imkoniyati yaratildi.  

 

“Oʻzbektelekom” AK maxsus ko‘chma aksiyalarni O`zbekiston bo`ylab o`tkazishda va yangi abonentlarni ulashda davom etadi.





Yangilik bilan ulashish: