23 September 2019

«O‘zbektelekom» AK barchani har yili bo‘lib o‘tadigan ICTEXPO UZBEKISTAN 2019 ko‘rgazmasiga taklif etadi

 

Joriy yilning 24-27 sentyabr kunlari Toshkentda har yili o‘tkaziladigan ICTWEEK UZBEKISTAN 2019 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi bo‘lib o‘tadi. Mazkur haftalik doirasida ICT EXPO 2019 ko‘rgazmasi ham tashkil etiladi.

«O‘zbektelekom» AK ushbu tadbirning Bosh texnik hamkori va faol ishtirokchilaridan biri hisoblanadi. Barchani Kompaniya va uning filiallarining innovatsion xizmatlari, shuningdek yuridik shaxslar uchun foydali aksiyalar va bonuslar namoyish etiladigan stendimizga tashrif buyurishga taklif qilamiz.

ICTEXPO UZBEKISTAN axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ko‘rgazmasi 2004 yildan buyon har yili o‘tkazilib kelinadi va O‘zbekistonda axborot texnologiyalari sohasidagi barcha muhim yutuqlarni namoyish etadigan eng katta va muhim tadbir hisoblanadi. Ushbu tadbir an’anaviy ravishda bir qator ixtisoslashtirilgan tadbirlarni yagona formatda birlashtiradi. Bu safar ko‘rgazma 25-27 sentyabr kunlari bir vaqtning o‘zida ikkita shaharda bo‘lib o‘tadi:

 

• Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” pavilyonlarida;

• Farg‘ona shahridagi TATU filialining katta zalida;

 

“O‘zbektelekom” AK ICTWEEK UZBEKISTANning faol ishtirokchisidir va tadbir ishtirokchilarini doimo hayratda qoldirishga urinadi. Bu yil Kompaniya katta axborot va texnologik stend bilan ishtirok etmoqda, unda tashrif buyuruvchilarga taqdim etilayotgan telekommunikatsiya xizmatlarining keng doirasi, innovatsion, istiqbolli yo‘nalishlar namoyish etiladi.

 

Bundan tashqari, "O‘zbektelekom" stendi mehmonlarini quyidagilar kutmoqda:

• qiziqarli va interaktiv tanlovlar;

• Kompaniya va uning filiallari xizmatlari uchun ulkan va foydali aksiyalar;

• qimmatbaho sovrinlar o‘ynaladigan o‘yinlar;

• sizni virtual voqelik muhitiga jalb qiladigan hayajonli faol o‘yinlar;

• mashhur poytaxt va cover-band yulduzlarining chiqishlari.

 

Barchani 27 sentyabr kuni "O‘zbektelekom" AK stendiga taklif qilamiz!

Qimmatbaho sovg‘alar va foydali bonuslarga ega bo‘lishni istagan har bir kishi ICTEXPO 2019 axborot texnologiyalari ko‘rgazmasida kompaniyaning stendiga tashrif buyurishi mumkin! Har doimgidek qiziqarli, quvnoq va foydali bo‘ladi! Biz SIZlarni kutamiz!

 



Yangilik bilan ulashish: