14 June 2019

"O‘zbektelekom" AK Wi-Fi simsiz tarmoqlari foydalanuvchilarini identifikatsiyalash va avtorizatsiyalash uchun yangi xizmatni taklif qiladi


Bugungi kunda butun O‘zbekiston bo‘ylab Wi-Fi tarmoqlari faol rivojlanmoqda, ularning uzliksiz ishlashi uchun foydalanuvchilarni idеntifikatsiyalash va avtorizatsiyalash zarur. Shu munosabat bilan «O‘zbektelekom» AK hamkorlariga simsiz Wi-Fi tarmoqlari foydalanuvchilarini identifikatsiyalash va avtorizatsiyalash uchun yangi xizmat turini taklif etdi, ya'ni ushbu xizmat SMS-xabarlar avtorizatsiyasi tizimini va brеndlangan sahifalarni o‘z logotipi bilan loyihalashtirish imkonini o‘zida jamlaydi.
 

Mazkur xizmat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi "O‘zbеkiston Rеspublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-5326-son Farmonining bajarilishi, shuningdek, taqdim etilayotgan telekommunikatsiya xizmatlari doirasini kengaytirish maqsadida joriy etildi.
 

Kompaniya hamkorlariga 1 ta ulanish nuqtasi maydonidan tortib, 50 tadan 100 tagacha ulanish nuqtasi maydonigacha bo‘lgan 5 ta tarif reja taklif etiladi. Xizmat narxi oyiga 150 000 - 2 500 000 so‘mni tashkil etadi.
 

Bunda Internet-trafik uchun to‘lov Operatorning tasdiqlangan tariflariga muvofiq amalga oshiriladi va foydalanuvchi Operator tavsiyasiga binoan qurilmalarni mustaqil ravishda sotib oladi.
 

Bir pochta manzilidan Internet tarmog‘iga kirish xizmati oylik abonent to‘lovi hajmi 4 million so‘m yoki undan ko‘p bo‘lgan tarif rejasiga ulanishda, bepul asosda simsiz Wi-Fi tarmog‘idan foydalanuvchilar shaxsi idеntifikatsiyasi bo‘yicha (5 ta kirish nuqtasi) 1 ta maydonni taqdim etish mumkin.
 

Yangi xizmat, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga foydalanuvchilarni identifikatsiyalash va avtorizatsiyalash uchun o‘z xizmatlarini yaratishga sarf-xarajat qilmasdan xususiy Wi-Fi tarmoqlarini tezlik bilan tashkil etish imkonini beradi.
 

Tariflar haqida batafsil ma’lumotlar bilan bu yerda tanishish mumkin.

 



Yangilik bilan ulashish: