26 December 2020

Telekommunikatsiya xizmatlari uchun to’lovlarni oldindan amalga oshirishni unutmang


Yangi 2021 yil arafasida barchamizning qalbimizda bayramona kayfiyat hukm surmoqda va bayramni yaxshi kayfayatda o’tkazishga tayyorgarlik ko’rish bilan ovoramiz.

O’z navbatida UZTELECOM mobil aloqa, simli internet, telefon aloqasi va boshqa turdagi xizmatlar o’chib qolmasligi uchun telekommunikatsiya xizmatlari to’lovlarini oldindan amalga oshirishingiz lozimligini eslatib o’tadi.

To’lovlarni amalga oshirishning quyidagi usullari mavjud:
 

  • Kompaniyaning rasmiy uztelecom.uz veb sayti;
  • MyUZTELECOM mobil ilovasi yoki boshqa onlayn to’lov tizimlari;
  • UZTELECOM savdo va xizmat ko’rsatish ofislari yoki boshqa to’lov kassalari va bankomatlar.


Yangi yilni yaxshi kayfiyat bilan kutib oling!
 



Yangilik bilan ulashish: