11 June 2019

UZONLINE abonentlari uchun GPON qurilmasi – BEPUL!

 

 

GPON - ishonchli, tezkor va hech qanday qo‘shimcha xarajatlarsiz!

 

"O‘zbektelekom" AK abonеntlari uchun 2019 yilning 11-iyunidan 2020 yil 31-martga qadar "Internetga GPON texnologiyasi asosida ulaning va abonent qurilmasiga BEPUL ega bo‘ling!" aksiyasini o‘tkazmoqda. GPON texnologiyasi (Gigabit passiv optik tarmoq) foydalanuvchilarga Internetga ulanishda maksimal tezlik va ishonchlilikni ta’minlaydi.

 

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil 1-martdan boshlab, FTTB va GPON texnologiyasi orqali ulangan yangi abonent (jismoniy shaxs)larga shuningdek mavjud abonentlar ulanish texnologiyasini ADSL dan FTTB ga, FTTB dan GPON ga o‘zgartirganda,  "O‘zbektelekom" AK hisobidan 100 metrgacha (UTP va optik) kabel taqdim etiladi. Avvalroq bu haqda  xabar berilgan.
 

Shunday qilib, UZONLINE abonentlari uchun optikaga o‘tish deyarli BEPUL!
 

Bugungi kunda O‘zbekistonda "misdan optikaga" o‘tish jarayoni keng ko‘lamda davom etmoqda. 2019-yil boshidan buyon "O‘zbektelekom" AK aholi va ijtimoiy obyektlarga GPON texnologiyasidan foydalangan holda zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish uchun 5000 km dan ortiq optik tolali aloqa liniyalarini o‘rnatdi. Yil oxiriga qadar O‘zbekiston bo‘ylab fuqarolarning uylariga bir necha o‘n minglab kilometr optik tolali aloqa liniyalari yotqiziladi.
 

Kompaniyaning har bir faol abonenti tezkor, ishonchli va arzon Internetga ega bo‘lishga intiladi. UZTELECOM UNLIM seriyasining yangilangan tarif rejalari aholiga 100 Mbit/s. gacha Internet-xizmatidan foydalanish imkonini beradi. Ushbu xizmatlar GPON texnologiyasi bo‘yicha taqdim etiladi.
 

GPON (ingliz tilidan, Gigabit Passive Optical Network, Gigabit Passiv optik tarmoq) – bu Internet, telefoniya va televideniye xizmatlari kafolatlangan xizmat ko‘rsatish sifati bilan bitta kabеl bilan ta’minlangan keng polosali multisеrvisli kirish tarmog‘idir. GPON – bu 1 Gbit/s. gacha o‘tkazish qobiliyatiga ega shaxsiy optik tolali kanal.


"Internetga GPON texnologiyasi asosida ulaning va abonent qurilmasiga BEPUL ega bo‘ling!" aksiyasining shartlari juda oddiy:

 

  • Yangi abonentlar GPON texnologiyasidan orqali (texnik imkoniyat mavjud bo‘lganida) Internet xizmatiga ulanishlari;
  • 50 000 so‘m va undan yuqori abonent to‘loviga ega Internet tarif rejasini tanlab, xizmatdan kamida 1 yil foydalanishlari kifoya.
     

Aksiyada GPON tarmog‘ining qamrov hududida bo‘lgan barcha jismoniy shaxslar ishtirok etishlari mumkin.


O‘zbekistonda Internet hech qachon bu qadar arzon va tezkor bo‘lmagan!

 

"Internetga GPON texnologiyasi asosida ulaning va abonent qurilmasiga BEPUL ega bo‘ling!" aksiyasi haqida batafsil ma’lumot bilan quyidagi manzillarda tanishish mumkin:

 

Sayt: www.uztelecom.uz

Tеlеgram: https://t.me/uztelecomuz

Facebook: https://www.facebook.com/uztelecom

Instagram: https://www.instagram.com/uztelecomuz



Yangilik bilan ulashish: