09 April 2020

UZTELECOM o‘qituvchilar uchun maxsus tarif rejani taqdim etadi




Koronavirus pandemiyasi (COVID-19) tufayli karantin davrida butun O‘zbekiston ta’lim tizimi masofaviy ta’limdan foydalanmoqda. Har kuni minglab o‘qituvchilar o‘quvchilarimiz uchun onlayn darslar o‘tkazmoqdalar. Ta’lim muassasalari o‘qituvchilariga yuqori darajada qulayliklar yaratish maqsadida, "O‘zbektelekom" AK joriy yil 10 apreldan boshlab maxsus “Talim” tarif rejasini joriy qilmoqda.

Yangi tarif rejaning o‘ziga xos xususiyati shundaki, uning arzonligi va taqdim etilayotgan daqiqalar, SMS va Internet-trafik limitlar hajmining sezilarli darajada ko‘pligidir. Bu esa o‘qituvchilarga o‘quvchilar bilan faol masofaviy ish olib borishga imkon beradi.

“Ta’lim” tarif rejasiga ulanish yoki unga o‘tish uchun Xalq ta’limi vazirligi tizimi xodimi pasport, guvohnoma (asl nusxa) yoki abonent ushbu tizim xodimi ekanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi kerak. Ushbu tarif rejaga jismoniy shaxslar ulanishi mumkin.

Tarif reja haqida batafsil ma’lumotni mazkur havola orqali olishingiz mumkin.

Ta’kidlab o‘tish joizki, koronavirus (COVID-19) bilan bog‘liq karantin e’lon qilingan kundan boshlab, "O‘zbektelekom" AK universitet va kollej talabalari, umumo‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari va maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari uy sharoitida fanlarni o‘zlashtirish va ta’lim resurslari veb-saytlaridan cheklovarsiz, bepul foydalanish imkoniyatini taqdim etmoqda.



Yangilik bilan ulashish: