26 February 2024

UZTELECOM o‘z yetakchiligini Internet sinovlari bo‘yicha jahonning yirik kompaniyasi Ookla®ning ikkita oliy mukofoti bilan tasdiqladi



O‘zbekistonning yetakchi telekommunikatsiya operatori UZTELECOM Internet sinovlari sohasida tan olingan jahon yetakchisi – Ookla® kompaniyasining ikkita oliy mukofoti bilan taqdirlandi. Barselonadagi “Mobile World Congress 2024”da UZTELECOM delegatsiyasi 2023-yilning 3-4-choragi bo‘yicha Ookla® kompaniyasining “Eng tezkor mobil tarmoq” va “Eng yaxshi mobil geyming tajribasi” nominatsiyasi bilan munosib tarzda taqdirlandi.

Eng tezkor mobil tarmoq – ushbu mukofot UZTELECOMning tarmoq unumdorligini taʼminlashdagi tinimsiz saʼy-harakatlarini aks ettiradi. Mustaqil tadqiqotlar ma’lumotlar uzatishning yuqori tezligi va barcha foydalanuvchilar uchun barqaror ulanishni tasdiqlamoqda.

Eng yaxshi mobil oʻyin tajribasi – bu mukofot UZTELECOMning yuqori sifatli oʻyin tajribasini taqdim etishdagi progressiv yondashuvini tasdiqlaydi. Tezkor va barqaror tarmoq orqali o‘yinchilar uzluksiz geympley, minimal kechikish va yuqori sifatli grafikadan bahramand bo‘lishlari mumkin, bu ularning o‘yin jarayonidan qoniqishlarini sezilarli darajada oshiradi.



Ushbu mukofotlar 2023-yilda “Yangilanishlar mavsumi” ulkan loyihasi doirasida 6000 dan ortiq tayanch stansiyalarini o‘rnatish va modernizatsiya qilish orqali abonentlar uchun qulayliklarni oshirgan va ularni yuqori tezlikdagi LTE/5G tarmoqlari bilan ta’minlagan UZTELECOM texnik jamoasining mashaqqatli mehnatining natijasidir. Ushbu loyiha doirasida yangi tayanch stansiyalarining oʻrnatilishi UZTELECOMga Toshkent va Samarqand shaharlarida yuqori tezlikdagi 5G mobil aloqa qamrovini ta’minlash imkonini berdi.

Bu boshlanilishi: UZTELECOM mamlakatimizning barcha viloyat markazlarida 5G tarmog‘i qamrovini kengaytirish bo‘yicha faol ish olib bormoqda, bu esa bizni yuqori tezlikdagi beshinchi avlod aloqasi hamma uchun, har yerda mavjud bo‘ladigan kelajakka yaqinlashtiradi.

Ushbu xalqaro mukofotlar Kompaniyaning innovatsiyalar va yuqori sifat tarafdori ekanligini yana bir bor ta‘kidlaydi hamda UZTELECOMni yuqori tezlik, unumdorlik va ishonchlilikni qadrlaydiganlar uchun afzal tanlovga aylantiradi.

Eslatib oʻtamiz: UZTELECOM yuklab olish va yuklash tezligiga asoslangan Speed Score™ga ko‘ra eng yuqori – 36,96 ballni namoyish etib, 2023-yilning 1- va 2-choraklari bo‘yicha “Eng tezkor mobil tarmoq” nominatsiyasi boʻyicha Speedtest Awards 2023 mukofotiga sazovor boʻlgan.

Ma’lumot uchun: Barselonada 26 – 29-fevral kunlari yuqori texnologiyalar sanoatidagi eng kutilgan va eng yirik tadbirlardan biri – Mobile World Congress 2024 bo‘lib o‘tmoqda.

Ookla® – tarmoq analitikasi va ulanish imkoniyatlari tahlili bo‘yicha jahon yetakchisi hisoblanadi. Deyarli yigirma yil davomida Ookla® statsionar hamda mobil tarmoqlarni sinovdan o‘tkazish va tahlil qilish uchun tarmoq standartini o‘rnatgan.

Manba



Yangilik bilan ulashish: