21 December 2020

“UZTELECOM” va “STARS RETAIL”dan tanlov




Siz malakali dizaynermisiz yoki bu sohaga endi qadam qo‘ydingizmi? Sizda o‘z iste’dodingizni namoyon etish uchun ajoyib imkoniyat mavjud!

UZTELECOM "Sizning yulduzli onlaringiz keldi" deb ta’kidlaydi! O‘z ijodingizni namoyon eting va UZTELECOM hamda STARS RETAILning noyob sovg‘alariga ega bo‘ling!

Buning uchun nima qilish kerak? Kompaniyaning tarif rejalari hamda xizmatlari haqida ijodiy, ma’lumotlarga boy, sifatli videorolik tayyorlang va quyidagi sovrinlarga ega bo‘ling:
 

  • 1-o‘rin – 3-toifadagi oltin raqam uchun sertifikat va Samsung A50 smartfoni;
  • 2-o‘rin - 4-toifadagi oltin raqam uchun sertifikat va Samsung Galaxy Active aqlli soati;
  • 3-o‘rin – 5-toifadagi oltin raqam uchun sertifikat va Samsung Galaxy simsiz quloqchinlari.


Demak, tanlov shartlari:
 

  • Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi UZTELECOM va STARS RETAIL sahifalariga obuna bo‘ling; 
  • Ushbu eʼlonga like bosing va 3 nafar doʻstingizni belgilang;
  • Kompaniya tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar yoki tarif rejalar haqida 15 soniyadan 2 daqiqagacha bo‘lgan videorolik tayyorlang va uni #UZTELECOMGIFTS xeshtegi ostida o‘z sahifangizda targ‘ib qiling.


Eng asosiy YUTUQ bu – sizning ijod mahsulingiz mualliflik huquqini saqlab qolgan holda  Kompaniya tomonidan keng targ‘ib qilinadi. Bu esa Sizning videoroligingizni butun Respublika tomosha qilishini anglatadi.
 

Tanlov O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkaziladi. Tanlovda ishtirok etish uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qiluvchi, voyaga yetgan fuqarolar (jismoniy shaxslar)ga ruxsat etiladi. Shuningdek, o‘z profilingizda reklamaning mahfiylik sozlamasi “Barcha uchun mavjud” holatida bo‘lishi shart.


Tanlovni o‘tkazish davri 2020-yil 21-dekabrdan 2021-yil 21-yanvargacha bo‘lib, quyidagi muddatlarni o‘z ichiga oladi:
 

  • 2020-yil 21-dekabrdan 2021-yil 15-yanvargacha - ishtirokchi Instagram sahifasida yig‘ilgan layklar soni bo‘yicha eng yaxshi 10 tagacha videolavhalarni aniqlash;
  • 2021-yil 16-yanvardan 2021-yil 20-yanvargacha - “UZTELECOM” Instagram sahifasida yig‘ilgan layklar soni bo‘yicha 3 ta nominatsiyada g‘oliblarni aniqlash;
  • 2021-yil 21-yanvarda g‘oliblarni taqdirlash marosimini o‘tkazish.


Batafsil shartlar haqida mazkur havola orqali bilib oling va ishtirok etishga shoshiling!

 



Yangilik bilan ulashish: