20 March 2020

UZMOBILEdan CDMA standartining yillik tarif rejalari

UZTELECOM barqaror va ishonchli CDMA standartini afzal ko‘radigan abonentlar uchun yoqimli bonuslarga ega bo‘lgan foydali yillik tarif rejalarini taklif etadi.

Ko‘pchilikka ma’lum, CDMA standarti bilan Siz hech qachon aloqasiz qolib ketmaysiz! Ushbu mobil aloqa standartining keng qamrov doirasi, yuqori xavfsizlik darajasi va barqarorlik kabi afzalliklari juda ko’pligini alohida ta’kidlash joizdir.

UZTELECOM qo‘shimcha bonuslarga ega bo‘lgan yillik tariflarni ishga tushirdi va ular bilan Sizning muloqotingiz nafaqat ishonchli va foydali, balki maroqli ham bo‘ladi!

Oddiy+, Optimal+ yoki Ajoyib+ yillik tariflardan biriga ulanganda Siz 10 oylik tarif xizmatlaridan foydalanish uchun to‘lov to‘laysiz hamda 2 oylik limitlar sizga sovg‘a sifatida taqdim etiladi.

Shuningdek, Siz istagan chiroyli raqamni 50% chegirma bilan sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz!

Yillik tariflarimizga ulaning va bonuslarga ega bo‘ling!

Batafsil ma’lumot 





Yangilik bilan ulashish: