26 October 2018

Xodimlar yubiley yoshlari nishonlandi

2018 yil 26 oktyabr kuni “Oʻzbektelekom” AK ikki nafar xodimi – Raxmanov Yakupbay Raxmanovich va Musaxodjayev Abdulmurat Valiyevichlarni 60 yillik tavallud ayyomi bilan tabriklash munosabati bilan yigʻilish tashkil etildi.

Tabriklash chogʻida Kompaniya rahbariyati va Kasaba uyushmasi qoʻmitasi Kompaniya xodimlari nomidan iliq va samimiy tilaklar bildirdilar, Kompaniya rivojiga qoʻshayotgan hissalari uchun minnatdorchilik izhor etdilar.

Rahmanov Yakupbay Rahmonovich – Kompaniya ishlar boshqarmasi, Avtotransport va tashkiliy taʼminot xizmati bosh mutaxassisi, 13 yildan buyon Kopmaniyada faoliyat yuritib kelmoqda.

Musaxodjayev Abdulmurat Valiyevich – Kompaniya Maxsus ishlar boʻlimi bosh mutaxassisi, Kompaniyada 6 yildan buyon ishlab kelmoqda.

Uchrashuv yakunida yigʻilish sababchilariga qutlugʻ sana va esdalik sovgʻalari topshirildi.





Yangilik bilan ulashish: