16 August 2022

Xotin-qizlar bandligi boʻyicha "Oʻzbektelekom" AK yetakchilik qilmoqda



Davlat soliq qoʻmitasi xabariga koʻra, bugungi kunda iqtisodiyot tarmoqlarida 3 mln nafardan ortiq xotin-qizlar band.

Ulardan 2 188,2 ming nafari – yuridik shaxslar;
889 ming nafari – o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganlar;
151,2 ming nafari – yakka tartibdagi tadbirkorlar.

Ish bilan band bo‘lgan ayollarning aksariyati ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy xizmat va sanoat sohalarida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Qayd etish kerakki, xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich qayd etgan tashkilotlar orasida “O‘zbektelekom” AK yetakchilik qilmoqda.

Ayni paytda Kompaniyada 4 567 nafar  xotin-qizlar samarali faoliyat yuritmoqda.

– Darhaqiqat, bilimli, dunyoqarashi keng ayollar doim jamiyat taraqqiyotida muhim o‘rin egallagan. Shu jumladan “O‘zbektelekom” AKda ham. Bugungi kunda Kompaniya tizimida mehnat qilayotgan ayollar faol, shu bois kompaniyada faoliyat yuritayotgan ayollarga ma’lum imtiyozlar joriy etilgan, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor berib kelinmoqda, – deydi Personalni boshqarish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Nargiza Karabayeva.



Yangilik bilan ulashish: