17 August 2020

“EXTRA balans“ xizmati



Zamonaviy hayot tarzi har qanday vaziyatda aloqada bo'lishni talab qiladi. Biroq, telefon balansi nolga yaqinlashganda va uni to'ldirish imkoniyati bo'lmagan holatlarda, mobil aloqa operatorining foydali xizmatlari yordamga keladi.

UZTELECOM milliy operatori GSM standartidagi mobil aloqa abonentlari uchun o'zining yangi va foydali bo' lgan “EXTRA balans“ xizmatidan foydalanishni taklif etadi.

Ushbu xizmat yordamida, Siz o'z hisobingizni 1000 so'mdan ortiq bo'lgan pul miqdorida to'ldirishingiz mumkin. Buning uchun shunchaki, USSD-menyu yoki SMS-xabar yuborish xizmatidan foydalansangiz kifoya. Xizmatni faollashtirish uchun L matnini 150 qisqa raqamiga SMS orqali yuborishingiz yoki *150# USSD-menyudan foydalanishingiz lozim.

Abonentlar ushbu xizmatdan avvalgi qarzini to’lamagan holda ham foydalanishlari mumkin. Xizmat belgilangan limitdan oshmagan holda taqdim etiladi (limit so’nggi 3 oy davomida abonent xarajatlariga qarab 1000 dan 40 000 so'mgacha belgilanadi). Qarzni to'lash muddati cheklanmagan, shuningdek to’liq yoki qisman to'lash imkoniyati mavjud.

“EXTRA balans” xizmati bilan Siz doimo aloqada bo'lish imkoniyatiga egasiz!

Biz o'z abonentlarimizga ishonamiz!

UZTELECOM -  Milliy operator.

Batafsil ma’lumot uchun havola



Yangilik bilan ulashish: