07 March 2019

“Oʻzbektelekom” AK Oʻzbеkiston xotin-qizlarni 8-mart bayrami bilan tabriklaydi


8-mart kuni butun mamlakatimiz Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan jamiyatimizdagi barcha ayollarini muborakbod etadi! 7-mart kuni ertalabdan boshlab, Oʻzbekistonimiz boʻylab “Oʻzbektelekom” AK sotuvlar va xizmat koʻrsatish ofislarining xodimlari ofisga kirib kelayotgan barcha ayollarga: abonentlar va xodimalarga gullar taqdim etadilar.
 

Maʼlumki, hatto telefon aloqasi dastlabki ish boshlagan davrlarda ham abonentlardan buyurtmalarni qabul qiluvchilar orasida koʻproq ayollar boʻlgan. “Alyo, xonim!” tarixiy iborasi telefon aloqasining “tashrif qogʻozi” va tеlеfonlashtirish asrining eng mashhur iborasiga aylanganligi ham tasodif emas.
 

Bugungi kunda ham Chaqiriqlarga xizmat koʻrsatuvchi yagona markaziga murojaat qilgan abonent koʻpincha ziyrak, mehribon va gʻamxoʻr ayol ovozini eshitadi!
 

Bugungi kunda kompaniyamiz faoliyatiga raqamli texnologiyalarni joriy etishda ham ayollarimiz erkaklar bilan barobar xizmat koʻrsatmoqdalar!
 

Oʻzbekistonimiz boʻylab “Oʻzbektelekom” AK sotuvlar va xizmat koʻrsatish ofislarida minglab xodima-ayollar kompaniyaning eng ziyrak va diqqat-eʼtiborli vakillari sifatida kompaniya abonentlariga xizmat koʻrsatadilar. Axir ayollarimiz ona, singil, qiz sifatida doim oʻz majburiyatlariga juda masʼuliyat bilan yondashishlarini yaxshi bilamiz.
 

Kompaniyaning rahbariyati nomidan, ularga mijozlarimizga sidqidildan xizmat koʻrsatishlari va gʻamxoʻrliklari, oʻz ishlariga fidokorona yondashishlari uchun minnatdorchilik bildiramiz.
 

8-mart arafasida biz barcha Oʻzbekiston xotin-qizlarini Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan muborakbod etamiz!
 

Ularga mustahkam sogʻliq, oilaviy baxt, farovonlik hamda jozibadorlik tilaymiz!
 

Bahor bayrami Sizlarning qalbingizni quvonch va shodlik bilan toʻldirsin!
 

Hurmat bilan, O'zbektelekom” AK 

 



Yangilik bilan ulashish: