15 July 2019

"O'zbektelekom" AK telefoniya, IP-telefoniya va videotelefoniya xizmatlari uchun yangi tarif rejalarini taqdim etadi

 

Abonentlar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida, 2019 yil 15 iyuldan boshlab "O'zbekelekom" AK jismoniy va yuridik shaxslar uchun telefoniya, IP-telefoniya va videotelefoniya xizmatlari uchun yangi tarif rejalarini taqdim etadi.
 

Ushbu tarif rejalarida O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar uchun yangi daqiqalar, «O‘zbektelekom» AK tarmog‘ida cheksiz qo‘ng‘iroqlar uchun tariflar ("O‘zbektelekom" AKning qayd etilgan aloqa raqamlari, Uzmobile GSM va CDMA tarmoqlarining mobil telefonlari), shuningdek, O‘zbekiston bo‘ylab to‘liq cheksiz qo‘ng‘iroqlar taqdim etiladi.
 

Avvallari an’anaviy telefoniya tariflari oyiga faqat 180 daqiqa limit bilan taqdim etilgan. Yangi tariflarda abonentlar uchun O‘zbekiston bo‘yicha yoki “O‘zbektelekom” AK tarmoq ichidagi cheklangan va cheksiz tarif rejalari taqdim etiladi. Bu aholi uchun ham, tashkilot va korxonalar uchun ham ushbu xizmat turidan yanada samarali foydalanish imkonini beradi.
 

Yangi tarif rejalari yanada qulaylashdi va oylik abonent to‘lovining arzonlashtirilishi ular taqdim etiladigan xizmatlarning ko‘p yoki hatto cheklanmagan hajmda ekanligini o‘z ichiga oladi. Misol uchun, avval yuridik shaxslar uchun cheksiz tarif rejasining qiymati 60 000 so‘mni tashkil etar edi, endi esa uning narxi 40 000 so‘mni tashkil etmoqda (narxning 1,5 barorbarga pasayishi). Xuddi shunday narxning pasayishi videotelefoniya xizmati uchun ham amal qiladi. Avvalgi to‘liq cheksiz tarif rejasining qiymati oyiga 90 000 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, endilikda yangi tarif rejasining narxi 40 000 so‘mni tashkil qilmoqda (narxlarning 2 barobardan ziyod pasayishi). Yangi tarif rejalari faol abonentlar uchun juda ham foydalidir.
 

Yangi tarif rejalarida xalqaro aloqalar xizmatining qiymati 125-1/1 narxnomasiga muvofiq narxlanadi.

Yangi tarif rejalarining shartlari haqida bu yerda batafsil tanishish mumkin. 
 

Ta’kidlash joizki, telefoniya, IP-telefoniya va videotelefoniya xizmatlari uchun muomalaga kiritilayotgan tarif rejalari hozirgi vaqtda amaldagi an’anaviy telefoniya tariflari uchun O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tasdiqlangan 125-1/1-sonli “Universal telekommunikatsiya xizmatlari uchun tarif rejalarining chegara darajalari” narxnomasining muqobil varianti hisoblanadi, ya’ni hozirgi vaqtda amal qiluvchi telefoniya xizmatlari uchun tariflar o‘zgarishlarsiz, avvalgi holicha qoldiriladi.

 

Abonentning xohishiga ko‘ra yangi tarif rejasiga o‘tish yoki ulanish imkoni mavjud va buning uchun abonent Kompaniyaning savdo va xizmat ko‘rsatish bo‘limlaridan biriga ariza bilan murojaat qilishi lozim.

 

Diqqat! 2019 yil 1 sentyabrdan IP-telefoniya, videotelefoniya xizmatlari uchun avval tasdiqlangan tarif rejalari foydalanish uchun bekor qilinadi. Batafsil ma’lumot bilan bu yerda tanishish mumkin.



Yangilik bilan ulashish: