28 July 2022

Sayyor qabullar: Toshkent viloyati aholisi murojaatlari o‘rganildi



Toshkent viloyatining Bekobod tumanida joylashgan mahalla fuqarolar yig‘inlarida aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya masalalari bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxlar bilan sayyor qabul tashkil etildi.

“O‘zbektelekom” AK ham mahallalardagi xonadonlarga telekommunikatsiya xizmatlarining sifatli yetkazib berilishini ta’minlash borasida salmoqli ishlarni amalga oshirmoqda. Xususan, aholiga kerakli maslahatlar berish maqsadida mazkur uchrashuvda “O‘zbektelekom” AK mas’ul xodimi tomonidan respublikaning chekka hududlarida amalga oshirilayotgan loyihalar to‘g‘risida hamda barcha hududlardan jismoniy va yuridik shaxslar uchun Internet va IP-telefoniya xizmatlariga ulanish yanada osonlashganligi, abonentlarga qulay bo‘lgan usulda ariza qoldirish imkoniyatlari mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, Bekobod tumani Achamayli MFYdan tashrif buyurgan 7 nafar fuqaroning muammolarini mutasaddilar joyida hal etdilar. Undan tashqari aholining yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulanish imkoniyatlarini kengaytirish va xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga oid kelgusidagi rejalar belgilab olindi.

“Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da mahallalardagi aloqa xizmatlari va yashash sharoitlarining yaxshilanishi ushbu mezonning amaliy natija berayotganidan dalolatdir.



Yangilik bilan ulashish: