Paket Paketlar narxi bonuslarda Trafik miqdori, MB Muddati
Bonus Apelsin 250 MB 60 250 МB 3 kun
Bonus Apelsin 500 MB 110 500 MB 5 kun
Bonus Apelsin 1000 MB 200 1 000 MB 7 kun
Holatni tekshirish
USSD buyrug'ini tering *100*2#
  • Bonuslar abonent tomonidan “Apelsin” mobil ilovasi orqali 1000 soʻmdan ortiq (eng kamida) boʻlgan istalgan mablagʻlar toʻlanganda, taqdim etiladi.
  • Bonuslar “Kapitalbank” ATBning bonusli dasturiga oid boʻlgan xizmatlar va tovarlar uchun toʻlovlar amalga oshirilganda ham taqdim etiladi.
  • Toʻplangan bonuslar soni bonusli Internet-paketlar qiymatiga teng boʻlganda, ularni bonusli mobil Internet-trafik paketiga almashtirish mumkin.
  • Bonusli Internet-paketlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida, “Oʻzbektelekom” AKning GSM standartidagi mobil tarmogʻining abonentlari - jismoniy shaxslar uchun, shuningdek, “Mobil byudjet” xizmatiga ulangan yuridik shaxslar “Xizmat 1,2,3” tarif rejalari uchun taqdim etiladi. Taqdim etilgan bonusli Internet-paketlardan “Faol” holatda foydalanish mumkin.
  • Bonusli Internet-paketlarga ulanish abonent tomonidan “Apelsin” mobil ilovasida amalga oshiriladi.
  • Bonusli Internet-paketlar nol qiymatiga teng boʻlib, abonent tomonidan “Kapitalbank” ATBning “Apelsin” mobil ilovasi orqali “Oʻzbektelekom” AKning telekommunikatsiya xizmatlari uchun toʻlovlar amalga oshirilganda bonusli dastur doirasida taqdim etiladi.
  • Bonusli Internet-paketlar pullik Internet-paketlarga nisbatan bir xil turdagi Internet-paketlar hisoblanmaydi, ularning amal qilish muddati va toʻplamga kiritilgan trafikni sarflash tartibi, mos ravishda, alohida hisoblanadi. Agarda abonentda sotib olingan Internet-paket mavjud boʻlib, bonusli Internet-paket faollashtirilgan boʻlsa, u holda trafiklar qoʻshib hisoblanmaydi va amal qilish muddati har bir paket uchun alohida belgilanadi.
  • Agar bonusli Internet-paket taqdim etilgan vaqtda abonentda xuddi shunday turdagi bonusli Internet-paket mavjud boʻlsa, u holda Internet-paketlardagi trafiklar qoʻshib hisoblanadi va ularning amal qilish muddati soʻnggi bonusli Internet-paketning muddatiga qarab uzaytiriladi.
  • Bonusli Internet-paketlar trafiklari sarflanishining ustuvorligi:
    • Kunduzgi paketlar doirasidagi trafik (soat 07:00 dan 18:59 gacha).
    • Bonusli Internet-paketlar.
    • Kunlik Internet-paketlar (24 soatli kunlik paketlar).
    • Tarif rejasi doirasidagi Internet-trafik.
    • Qolgan xarid qilingan Internet-paketlar - ularning xarid qilinishi tartibida.
  • Bonusli Internet-paketlar “UZCARD GSM”, “HUMO GSM”, “UzMobile M2M”, “UzMobile M2M yil”, “M2M basic” va “UNITS” TRlaridan tashqari, Internet-trafigi cheklangan barcha tarif rejalaridagi abonentlar uchun taqdim etiladi.