Paketlar nomi Narxi Trafik SMS, MB bo‘yicha xabar berish Amal qilish muddati
TAS-IX 1000 14 730 so‘m 1 000 MB 50 MB 90 kun
TAS-IX 5000 37 890so‘m 5000 MB 100 MB 90 kun
TAS-IX 10000 52 620 so‘m 10 000 MB 100 MB 90 kun
  • Mazkur «TAS-IX uchun Internet-paketlar» xizmati (keyingi o‘rinlarda – Xizmat) aksiyasining taqdim etilishi taqdim etiladigan xizmat tartibi (keyingi o‘rinlarda – Shartlar) ni belgilaydi.
  • Aksiyaning amal qilish hududi – O‘zbekiston Respublikasi, UZMOBILE GSM standarti tarmog‘i. .
  • Aksiya amal qilish muddati faollashgan vaqtdan boshlab 90 kun.
  • Аksiya jismoniy va yuridik shaxslar uchun GSM tarmog‘ida taqdim etiladi.
  • Internet-paketlar TAS-IX zonasiga kiritilgan resurslarda ma’lumotlar almashish (uzatish/olish) imkonini beradi.
  • Bir vaqtda bittadan ortiq Internet-paketlar faollantirilishi mumkin.
  • Amal qilib turgan paket quyidagi bir turdagi Internet-paketni sotib olish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
  • Navbatdagi bir turdagi paket (bir nominalli paketlar) faollashtirilishida Internet-paket megabaytlari jamlanadi. Jamlangan megabaytlar amal qilish muddati oxirgi paket sotib olingan kundan boshlab 90 kun.
  • Navbatdagi bir turda bo‘lmagan paketlar (turli nominalli paketlar) faollashtirilishida – paketlarning amal qilish muddati har bir paketga alohida belgilanadi. Sarflangan trafik tartibi – faollashish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
  • Internet-paket amal qilish muddati yakunlanishi bilan navbatdagi bir turdagi Internet-paketning faollashishi mavjud bo‘lmasa, megabaytlar qoldig‘i saqlanib qolmaydi.
  • Kiritilgan trafik yoki Internet-paket amal qilish muddati yakunlanganida trafik amaldagi paketga muvofiq narxlanadi.
  • Raqam yoki tarif rejalar almashtirilganida aksiya shartlari o‘zgarmaydi.
  • Paketga balansda paket uchun hisoblash olish uchun yetarli mablag‘ mavjud bo‘lganida ulanish mumkin.
  • Xizmat O‘zbekiston Respublikasi hududida, UZMOBILE GSM standarti tarmog‘i amal qiladigan zonada UZMOBILE GSM (2G/3G/4G) tarmog‘ida amal qiladi.
  • Internet-trafika sarflanish imkoniyatlari: 1) Bonus Internet-paketi (agar mavjud bo‘lsa); 2) kundalik Internet-paketi 3) TAS-IX uchun Internet-paketlar 4) Tarif reja bepul resurslari (tarif rejasida kiritilgan Internet limiti) 5) Faollashtirish tartibida sotib olingan-Internet-paketlar.
  • UZMOBILE www.uzmobile.uz rasmiy saytida tegishli axborotni joylashtirib yoki boshqa kommunikatsiya vositalari orqali xabardor qilib, masalan: SMS-tarqatma xabar va boshqalar orqali aksiya shartlarini o‘zgartirish huquqiga ega. Ishtirokchilar yuqorida ko‘rsatilgan saytdagi tegishli o‘zgarishlarni mustaqil tekshirib borishlari shart.
  • Xizmat Shartlari O‘zbekiston Respublikasi hududida UZMOBILE GSM tarmog‘i amal qilish zonasida amal qiladi.
  • Jismoniy shaxslar uchun paketlarni faollashtirish «UzMobayl» ofislarida Shaxsiy kabinet, Call-markaz orqali, shuningdek, USSD-menyu *121#: *121# ->Tilni tanlash/ Vybor yazika -> 3. TAS-IX -> yordamida vositasida amalga oshiriladi.
  • Yuridik shaxslar xizmatni UZMOBILE ofislari yoki «Mobil budjet» (*222#) xizmati vositasisida buyurtma beradilar.
  • TAS-IX nima?
    TAS-IX — bu Uznet «ichida» trafik almashish haqida beshta yirik provayderlar kelishuvi natijasida paydo bo‘lgan, ya’ni xalqaro ma’lumotlar uzatish kanallaridan foydalanmay, trafik almashish nuqtasidir. Bu shunga olib keldiki, bugungi kunda boshqa resurslarga ulanishga nisbatan narxi arzon TAS-IX zonasiga kiruvchi provayderlar Internet-resurslarga ulanishni taklif etadilar. Abonentlar ular tanlagan sayt TAS-IX zonasiga kirish-kirmasligini mustaqil tekshirishlari mumkin. Buning uchun «TAS-IXda Saytni tekshirish» servisli ko‘p sonli saytlar mavjud.