Paket Abonent to‘lovi, (oyiga) Trafik hajmi
VPN 500 12 000 so‘m 500 MB
VPN 1 500 18 000 so‘m 1 500 MB
VPN 3 000 28 800 so‘m 3 000 MB
VPN 5 000 38 400 so‘m 5 000 MB
VPN 8 000 49 200 so‘m 8 000 MB
VPN 12 000 60 000 so‘m 12 000 MB
VPN 20 000 78 000 so'm 20 000 MB
VPN 30 000 90 000 so'm 30 000 MB
VPN 50 000 102 000 so'm 50 000 MB
VPN 75 000 132 000 so'm 75 000 MB
  • Xizmat barcha M2M Basic tarif rejasi abonent-foydalanuvchilaridan tashqari barcha yuridik-abonentlar uchun amal qiladi. 
  • Bir vaqtning o‘zida bitta abonent raqamga faqatgina bitta VPN-paket faollashtirish mumkin.
  • Qo‘shimcha VPN-paket xizmatiga ulangandan so‘ng, ushbu xizmat uni o‘chirish muddatiga qadar doimiy tarzda amal qiladi.
  • VPN-paket xizmatiga ulanganda xizmat uchun to‘lovlar kalendar oyining birinchi sanasida (har oy) amalga oshiriladi. 
  • Xizmat uchun to‘lovni amalga oshirishdagi ustunlik asosiy mobil aloqa xizmatiga beriladi.
  • Agarda to‘lov vaqtida abonentning shaxsiy hisobidagi pul miqdori faqatgina asosiy mobil aloqa xizmatini faollashtirish uchun yetarli bo‘lib, ammo VPN-paketni faollashtirishga yetarli bo‘lmasa,   tarif rejasi bo‘yicha abonent to‘lovi (mobil aloqa xizmati uchun) yechib olinadi va mobil raqam faollashadi, biroq VPN-paket xizmati yoqilmaydi. 
  • Abonent shaxsiy hisobidan xizmat uchun to‘lov yechib olingandan so‘ng trafik beriladi. 
  • Mobil raqami yoki tarif rejasi o‘zgartirilganda, xizmatni taqdim etish shartlari o‘zgarmaydi. 
  • Boshqa VPN-paket xarid qilish uchun avval faollashtirilgan VPN-paketni o‘chirish kerak bo‘ladi. Agarda avvalgi VPN-paketdan trafik qoldig‘i bo‘lsa, u holda qoldiq yangi VPN-paket trafigiga qo‘shiladi va joriy hisobot oyi davomida undan foydalanish mumkin bo‘ladi. 
  • VPN-paketi hisobidagi trafik me’yordan ortiq ishlatilgan holda xizmat bloklanadi. Yuridik shaxslar VPN xizmatini «UzMobile» va UZTELECOM savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarida faollashtirishi/o‘chirib qo‘yishlari mumkin. 
  • Trafikning (VPN) foydalanilmay qolgan qoldig‘i kelasi oyga o‘tkazilmaydi.