55 000 so'm

Oylik abonent to'lovi

  • 500 daqiqa

    O'zbekiston bo'ylab chiqish qo'ng'iroqlar limiti oyiga

  • 5 daqiqa

    Xalqaro chiqish qo'ng'iroqlari limiti

    oyiga
  • 84 so'm

    O'zbekiston bo'ylab chiqish qo'ng'iroqlari 1 daqiqasi (limitdan tashqari)

  • Cheksiz daqiqa

    "Traveler" tarif rejalari to'plami ichida muloqot

  • 6144 MB

    Internet-trafik limiti oyiga

  • 84 so'm

    1 MB Internet trafigi (limitdan tashqari)

  • 500 SMS

    SMS-xabarlar limiti oyiga

  • 84 so'm

    1 ta SMS-xabar narxi (limitdan tashqari)

  • 5 SMS

    Xalqaro chiquvchi SMS-xabarlar limiti oyiga

  • Tarif rejalariga faqat xorijiy davlatlardan kelgan turistlar (jismoniy shaxslar) ulanishi mumkin. Ulanish UZTELECOM sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislarida, shuningdek, dilerlik punktlarida amalga oshiriladi.
  • Abonent to‘lovi hisoblanishi abonent raqami faol holatda bo‘lganda amalga oshiriladi. Agar hisobdagi mablagʻlar etarli miqdorda boʻlmaganligi sababli abonent raqami bloklangan bo‘lsa, to‘lov amalga oshirilgunga qadar abonent to‘lovi (AT) hisoblanishi amalga oshirilmaydi.
  • Ushbu TR doirasida AT hisoblanishining boshlanishi yagona jadval bo‘yicha emas, balki har bir abonent uchun alohida hisob-kitob davri bo‘yicha aniq soniyaga qadar amalga oshiriladi. TR doirasida ATni yechib olish vaqti aniq belgilanmagan bo‘lib, xizmatlardan foydalanish imkoniyati taqdim etilgan vaqtga bog‘liq bo‘ladi.
  • ATning hisob-kitob davri kalendar oyining 1-sanasiga bog‘lanmagan holda 1 (bir) oyni tashkil etadi va abonentga xizmatdan foydalanish imkoniyati taqdim etilgan sanadan boshlab hisoblanadi. Hisob-kitob sanasi abonentning hisob-kitob davri uchun ATni hisoblashdagi boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi.
  • Misol uchun, abonent TRga 10-sanada ulangan bo‘lsa, u holda navbatdagi oylik AT keyingi oyning 10-sanasida abonentning shaxsiy hisob raqamida TR bo‘yicha AT uchun yetarli miqdorda mablag‘lar bo‘lgandagina yechib olinadi. Agarda abonent 31-avgust kuni ulangan bo‘lsa, u holda navbatdagi ATni yechib olishga urinish 30-sentabr kuni amalga oshiriladi.
  • Tarif rejasining amal qilishi muddati 2 (ikki) oyni tashkil etadi, faollashtirilgan kundan boshlab ikki oy o‘tgach, raqam bloklanadi va keyinchalik avtomatik ravishda o‘chiriladi.
  • Tarif rejasi boʻyicha sarflanmagan limitlar keyingi hisob-kitob davriga o‘tkazilmaydi.
  • Xizmatlar limitlari va AT masshtablashtirilmaydi, masalan:
  • Abonent UZTELECOM GSM tarmog‘iga 30-yanvar kuni ulandi, u holda keyingi AT yechib olinishi 28- yoki 29-fevral kuni (kalendar yiliga bog‘liq holda) amalga oshiriladi, agarda hisob-kitob davri yakunida Abonent hisobida AT uchun yetarli miqdorda mablag‘lar bo‘lmasa, u holda abonent raqami bloklanadi. Abonent tomonidan hisob 5 yoki 10 kundan keyin to‘ldirilsa, abonent hisobidan AT to‘liq yechib olinadi, TR doirasidagi xizmatning barcha limitlari keyingi oyda AT yechib olingunga qadar bir oy muddatga to‘liq hajmda taqdim etiladi, har oylik ATni yechib olish sanasi keyingi muvaffaqiyatli AT yechib olinadigan sanaga suriladi.
  • Barcha qo‘ng‘iroqlar muloqotning birinchi soniyasidan boshlab tarifikatsiya qilinadi va to‘liq daqiqagacha yaxlitlanadi.
  • Tarif rejasida faqat “Xalqaro aloqa” va “Restart” xizmatlari mavjud, qolgan xizmatlar, shu jumladan “Xalqaro rouming” xizmati mavjud emas.
  • “Traveler” tarif rejalari toʻplamidagi tarif rejasini o‘zgartirish mumkin emas.
  • “Traveler” tarif rejalari toʻplamidagi tarif rejalariga boshqa tarif rejalaridan o‘tish mumkin emas.
  • Xalqaro aloqa qiymatini hisoblash xalqaro aloqa qiymatini va shahar raqamlariga chiquvchi qo'ng'iroq narxini yig'ish orqali amalga oshiriladi.
  • Agar abonentda Internet-paket mavjud bo‘lib, Internet-paketdan sessiya uchun MB yetarli bo‘lmasa (3G/4G uchun 100 Mbdan kam, 5G uchun 1000 Mbdan kam), u holda hisob asosiy balansdan (agar unda pul mablag‘lari mavjud bo‘lsa) amalga oshiriladi.
SMS va USSD buyruqlar Mobil assistent
daqiqalar, sms yoki internet tugadimi?
boshqa mamlakatlarga qo'ng'iroqlar