MANZIL

KONTAKT MARKAZ

POCHTA

Toshkent shahri, Olmazor tumani, Qorasaroy ko‘chasi, 326

+998712008202

info@venutel.uz

 

Xizmat nomi

Xizmat tavsifi

Qisqa raqam

Narxi

QQS bilan

Xizmat turi

Obunani bekor qilish

Kid Security

Ota-onalarga farzandlarini nazorat qiluvchi, ularni nima bilan shug‘ullanayotgani va xavfsizligi to‘g‘risida ma’lumot beruvchi xizmat.

Ushbu xizmat quyidagi xususiyatlarga ega:

  • Farzandingizning joylashgan joyini ko‘rsatadi
  • Yo‘nalishlar tarixini ko‘rsatadi
  • Farzandingiz maktabdan chiqqanida va uyga kelganida habar jo‘natadi
  • Farzandingiz atrofida nimalar bo‘layotganini eshitish imkoniyatini beradi
  • Farzandingizning telefoni ovozsiz holatda bo‘lganda ham qo‘ng‘iroq qilib tushish imkoniyatini beradi
  • Farzandlaringiz qancha vaqtini o‘yin o‘ynab yoki ijtimoiy tarmoqlarda sarflayotganini ko‘rsatadi
  • Bolalarni foydali ishlarni qilishga va mantiqiy rivojlanishga undaydi*


*Qo‘shimcha xususiyatlari:

  • Bolalar uchun o‘yin tarzidagi topshiriqlar va yutuqlar;
  • Bolalar uchun kvizlar.


Muhim! 

Bolaning mobil qurilmasida “Sirius Chat” ilovasi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Ilovani Google Play va AppStoredan yuklab olish mumkin. Ilovani o‘rnatish va ulash bepul, ammo ma’lumotlarni uzatish uchun umumiy Internet-trafikdan xarajatlar mavjud.

Xizmatga ulanish uchun:

  • Ilovani Google Play yoki AppStoredan yuklab oling, raqamingizni ro‘yxatdan o‘tkazing.
  • kid-security.uz, sahifasiga o‘ting, tasdiqlovchi kod orqali raqamingizni ro‘yxatdan o‘tkazing.


Xizmatga ulanilgandan keyin birinchi 7 (yetti) kun ichida bepul foydalanish mumkin (faqat birinchi ulanishda). 8 (sakkizinchi) - kundan boshlab xizmat narxi kuniga 999 so‘mni tashkil qiladi. Xizmat narxlanishi 1320 raqamidan ko‘rinmas SMS orqali amalga oshiriladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni va xizmat ko‘rsatish shartlarini kid-security.uz saytidan yoki +998712008202 raqami orqali olish mumkin.

1325

1320

1200 so’m/kuniga

Ilova

Obunani bekor qilish uchun, 1325 qisqa raqamiga STOP yoki СТОП matnli bepul SMS yuborish zarur.

 


 

“Omadli balans” xizmatini taqdim etish shartlari va qoidalari

 

Xizmat nomi: “Omadli balans”

Xizmat raqami: 888, 4301,4302.

Xizmat sayti: www.8-8-8.uz

Xizmat tasnifi:

  • “Omadli balans” - bu KONTENT PROVAYDER tomonidan maxsus ishlab chiqilgan platformada amalga oshiriladigan aksiya bo‘lib, abonentlar tomonidan mobil balansni to‘ldirish orqali ishtirok etadilar.
  •  Xizmat o‘yinlashtirish  asosiga qurilgan bo‘lib, foydalanuvchilarning ishtiroki, motivatsiyasi va sodiqligini yaxshilaydi, har bir foydalanuvchining o‘rtacha daromadini va umumiy to‘ldirishdan olingan foydasini oshiradi.
  • Xizmat abonentlar uchun juda oddiy mexanikaga ega. Operatorning barcha abonentlari – har har bir hisob to‘ldirish uchun ballarga ega bo‘lishadi va ballarni to‘plash orqali qimmatbaho sovg‘alarni yutib olish imkoniyatini qo‘lga kiritishadi. Berilgan ballar soni hisobning to‘ldirilish miqdori va to‘ldirish takroriyligiga  bog‘liq.
  • Mazkur viktorinada “O‘zMobayl” filialining barcha abonentlari xizmatga obuna bo‘lmasdan ishtirok etishlari va ballarini to‘plashlari mumkin, ammo faqatgina “Omadli obuna” xizmati obunachilari g‘olib bo‘lishlari va sovrinlarni qo‘lga kiritishlari mumkin.


To‘ldirish uchun ballar quyidagi jadvalga muvofiq beriladi:
 

Hisob to‘ldirish miqdori

Ballar

<= 5000

100 ball

>5000 va < = 10000

250 ball

>10000 va < = 20000

550 ball

>20000 va < = 40000

1200 ball

> 40000

2500 ball

 

 

 

  • Xizmat shuningdek, foydalanuvchilarga kunlik obuna uchun ballarini oshirish imkoniyatini beradi. O‘z balansini to‘ldirib, ball olgan abonentlar SMS orqali interaktiv o‘yinda ishtirok etib, xizmatga obuna bo‘lish va kunlik to‘lov uchun o‘z ballarini oshirishga taklif qilinadi. 888 maxsus qisqa raqamiga SMS yuborgan yoki *888# raqamini tergan  har bir abonent xizmatga ulanadi va viktorinaga ulangandan so‘ng darhol o‘z hisobida 500 ballga ega bo‘ladi.


Xizmatga obuna bo‘lgan abonentlar to‘lovlari uchun 2 barobar ko‘p ball oladilar:
 

Hisob to‘ldirish miqdori

Ballar (obuna bo‘lmagan)

Ballar (obunachi)

<= 5000

100 ball

200 ball

>5000 va < = 10000

250 ball

500 ball

>10000 va < = 20000

550 ball

1100 ball

>20000 va < = 40000

1200 ball

2400 ball

> 40000

2500 ball

5000 ball

 

  • Bundan tashqari, kunlik abonent toʻlovini toʻlagan barcha abonentlar har kuni qoʻshimcha 500 ball va 20 ta savolga ega boʻladilar. O‘yinni boshlash uchun abonent 888 servis raqamiga START buyrug‘ini yuborishi kerak. Savollarga to‘g‘ri javob berish orqali foydalanuvchilar ball to‘plashlari va g‘alaba qozonish imkoniyatlarini oshirishlari mumkin bo‘ladi. Har bir to‘g‘ri javob uchun abonentga 100 ball beriladi.
  • Abonentlarning obunasi faollashtirilganligi tasdiqlangandan so‘ng, ular xizmat, narx, o‘yin qoidalari va obunani bekor qilish haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lgan SMS xabar oladi. Xizmat uchun abonent toʻlovi abonent xizmatdan voz kechgunga qadar yoki xizmat toʻxtatilgandan keyin yechib olinadi.
  • Kunlik abonent to‘lovi 2200 so‘mni tashkil etadi va 4301 qisqa raqamidan SMS orqali olinadi. Xizmat narxidan balansi kam bo‘lgan abonentlar foydalanishi uchun to‘lovni amalga oshirishning samarali yo‘li mavjud .
  • Agar obuna toʻlovi vaqtida abonentning balansida kunlik toʻlovni toʻliq toʻlash uchun yetarli mablagʻ boʻlmasa - abonent hisobidan 2200 soʻm, 1650 soʻm, 1100 soʻm yoki 550 soʻm toʻlovlar obuna holatidan kelib chiqqan holda yechib olinadi va to‘langan summaga muvofiq foydalanuvchi kamroq ball va kamroq savollarga ega bo‘ladi - 375 ball va 15 savol; 250 ball va 10 ta savol; 125 ball va 5 ta savol. Qisman obuna uchun tarifikatsiya 4302 qisqa raqamidan SMS orqali olinadi.
  • Agar pullik obunani uzaytirish amalga oshirilmasa, abonent viktorinada qatnasha olmaydi va kunlik obuna uchun ball olmaydi.
  • Xizmatni bekor qilish  uchun 888 servis raqamiga “STOP” kalit so‘z bilan bepul SMS xabar jo‘natish lozim. Obunani bekor qilgandan so‘ng, abonent 888 xizmat raqamiga istalgan SMS xabarni jo‘natib, viktorinani yana qayta faollashtirishi mumkin.
  • Foydalanuvchi hisobni to‘ldirish miqdoriga, viktorina savollariga berilgan javoblarga qarab, xizmat raqamiga yuborilgan pullik so‘rovlar uchun ball to‘playdi va har bir ishtirokchining umumiy reytingi olingan ballar yig‘indisini tashkil etadi.
  • Eng ko‘p ball to‘plagan abonentlar g‘olib deb topiladi va sovg‘alarni qo‘lga kiritadilar. Dastur bir necha bosqichlarni o‘z ichiga oladi va har bir bosqich o‘z mukofot jamg‘armasiga ega bo‘ladi.
  • O‘z balansini to‘ldirgan barcha abonentlar kunlik va oylik sovrinlarga ega bo‘lishlari mumkin. G‘oliblar abonentlar o‘rtasida yig‘ilgan ballari (to‘ldirish ballari + viktorina ballari) bo‘yicha ma’lum bir kun yoki oy uchun tanlanadi. Yakuniy sovrin jamg‘armasi faqat viktorina obunachilari uchun mavjud bo‘ladi. Viktorinaga obuna bo‘lmagan abonentlar ham hisoblariga to‘ldirilgan mablag‘lar uchun ballar toplab boradilar, ammo xizmatga obuna bo‘lmagunga qadar viktorina g‘olibiga aylanmaydilar. Viktorinaga obunani faollashtirgan abonentlar har bir hisobni toʻldirish uchun 2 barobar koʻp ball va har kuni toʻlangan pullik  obuna uchun 500 ball, shuningdek savollarga berilgan  toʻgʻri javob uchun ball oladilar. Shuningdek, yakuniy mukofot jamg‘armasi to‘ldirish miqdorlarining asosiy diapazonlariga muvofiq darajalar/abonentlar o‘rtasida taqsimlanadi va yakuniy g‘oliblar operatorning butun abonent bazasini qamrab olish va xursand qilish uchun har bir darajadan tanlanadi.
  • Shuningdek, agar abonent to‘plangan ballar yoki aksiyalar to‘g‘risida bildirishnoma olishni istamasa, u *888*888# maxsus USSD kodini terishi va o‘z raqami uchun bildirishnomalarni o‘chirib qo‘yishi mumkin.
  • Operatorning butun abonent bazasini qamrab olish va xursand qilish uchun yakuniy sovrin jamg‘armasi 5 toifaga bo‘linadi. Yakuniy sovrin toifalarining har birining g‘olibi tegishli diapazonda to‘plangan maksimal ballar bilan aniqlanadi. Agar abonent bir nechta diapazonda g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, g‘olib bo‘lganlarning eng yuqori toifasi mukofoti beriladi.
  • Korporativ mijozlarning mobil byudjetga ega raqamlari “Omadli balans” aksiyasidan ishtirok etadilar.
  • “Omadli balans” aksiyasi g‘olibi korporativ mijoz bo‘lsa, ushbu tashkilot tomonidan “Venutel” MCHJga yozma ravishda xat taqdim etiladi. Xatda ushbu raqamdan foydalanuvchi hodimning F.I.Sh. ko‘rsatiladi va mobil budjetdan foydalangan holda aksiya g‘olibi bo‘lganligini tasdiqlaydi.


I bosqich (6 oy):

Kunlik sovrin: mobil balansga 100 000 so‘m

Oylik sovrin: 20 000 000 so'm


Yakuniy sovrin:
 

Hisob to‘ldirish miqdori

G‘oliblar soni

Sovrin

<= 5000

1

20 000 000  so‘m

>5000 va < = 10000

1

3 0 000 000  so‘m

>10000 va < = 20000

1

40 000 000  so‘m

>20000 va < = 40000

1

60 000 000  so‘m

> 40000

1

100 000 000  so‘m


II bosqich (6 oy):

Kunlik sovrin: 1 000 000 so‘m

Oylik sovrin: 50 000 000 so‘m

 

Hisob to‘ldirish miqdori

G‘oliblar soni

Mukofot

<= 5000

1

3 0 000 000 so‘m

>5000 va < = 10000

1

50 000 000 so‘m

>10000 va < = 20000

1

8 0 000 000 so‘m

>20000 va < = 40000

1

10 000 000 so‘m

> 40000

1

150 000 000 so‘m

 

  • Viktorina natijalariga ko‘ra, mukofot jamg‘armasi operatorlar bilan kelishilgan holda o‘zgartirilishi mumkin.
  • Viktorina o‘zbek (asosiy til, standart til) va rus (abonent tanlagan til) tillarida taqdim etiladi. Tilni o‘zgartirish tegishli kalit so‘zlar bilan amalga oshiriladi. Viktorina tilini rus tiliga o‘zgartirish uchun abonent 888 qisqa raqamiga RU kalit so‘zini yuborishi kerak. O‘zbek tiliga qaytish uchun foydalanuvchi 888 qisqa raqamiga UZ kalit so‘zini yuborishi kerak.
  • Tilni o‘zgartirgandan so‘ng, foydalanuvchi tegishli SMS xabar va tanlangan tilda keyingi savolni oladi.
  • Xizmatni yoqish/o‘chirish tartibi
  • Operatorning barcha foydalanuvchilari o‘z balansini to‘ldirib, “Omadli balans” viktorinasida bepul ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi. Abonentlar to‘ldirishning miqdori va chastotasiga qarab har bir to‘ldirish uchun ballar bilan taqdirlanadilar, ular olgan ballari va viktorina haqida, hisob to‘ldirilgandan so‘ng bir necha daqiqa o‘tib SMS xabarnoma orqali xabardor qilinadlar. 2 barobar ko‘p ball va pullik obunaning  har kuniga 500 ball olish uchun 888 maxsus qisqaraqamiga SMS yuboran yoki *888# raqamini terib xizmatga obuna bo‘lishga rozilik berganhar bir abonent  viktorinaga obuna bo‘ladi. “Yutuqli balans” viktorinasiga obuna bo‘lish uchun abonentlar, viktorining veb sayti www.8-8-8.uz orqali amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi. Saytda mobil raqam kiritiladi va kiritilgan raqamga tasdiqlash kodi yuboriladi. Yuborilgan tasdiqlash kodi kiritilgandan so‘ng obuna bo‘lishga so‘rov yuboriladi. Abonent viktorinaga muvofaqqiyatli obuna bo‘lganidan so‘ng abonentga servis raqamdan SMS xabar yuboriladi.


Viktorinaga obuna bo‘lganda quyidagi SMS xabar yuboriladi:
 

UZB

Zo‘r! Siz hisobni to‘ldirish evaziga 200 ball oldingiz! Har bir to‘lovingiz: Oylik 20 000 000 so‘m yoki finalda 100 000 000 so‘mgacha bo‘lgan sovrinlarga yaqinlashtiradi. Siz hisobingizni 10 000 so‘mga to‘ldirish evaziga 500 ball, 40 000 so‘mga to‘ldirish evaziga esa 5000 ballni qo‘lga kiriting! Hisobni ko‘proq to‘ldirib ko‘proq ball to‘plang! Yoki OK ni 888 ga yuboring, imkoningizni ko‘paytiring. Ma’l: http://8-8-8.uz

 

Hisobga pul to‘ldirilganda abonentga yuboriladigon taxminiy SMS xabarlar:
 

UZB

“Omadli Balans” Aksiyasi! Endi Siz hisobingizni to‘ldiriganingiz evaziga sovrinlli aksiyada qatnashish uchun ball beriladi: har kun 100 000 so‘m, har oy 20 000 000 so‘m! Bu hisobni to‘ldirganingiz evaziga Sizga 100 ball berildi! Hisobingizni 10 ming so‘mga to‘ldiring va 250 ballga ega bo‘ling! Hisobingizni to‘ldirganingiz evaziga Ikki karra ko‘p ball olish uchun va 250 000 000 so‘mlik yakuniy sovrinlar tanlovida qatnashish uchun 888 ga HA ni yuboring. 1-kun Bepul, keyin 2200 so‘m/kun. Ma'l: http://8-8-8.uz

Zo‘r! Sizga hisobni to‘ldirganingiz evaziga 200 ball taqdim etildi! Har bir to‘lovingiz 20 000 000 so‘m oylik yoki finalda 100 000 000 so‘mgacha bo‘lgan sovrinlarga yaqinlashtiradi. Hisobingizni 10 ming so‘mga to‘ldirish evaziga 500 ball, 40 ming so‘mga to‘ldirish evaziga esa 5000 ball taqdim etiladi! Hisobingizni ko‘proq to‘ldirib, ko‘proq balllar to‘plang!  OK so‘zini 888 ga yuboring. Ma’l: http://8-8-8.uz

 

Xizmatdan obuna bekor qilinganda abonentga yuboriladigon SMS xabar:
 

UZB

“Obuna bekor qilindi! Yakuniy sovrin o‘yinida ishtirok etishni davom ettirish uchun *888# tering! Yakuniy mukofot jamg‘armasi - 20, 30, 40, 60 yoki 100 MILLION so‘m! Ma’l: http://8-8-8.uz yoki 712008202"


Xizmat raqamlari

Xizmat raqami

Xizmat turi

Xizmat narxi (so‘m)

888

USSD/SMS

0,00

4301

SMS

2 200,00

4302

SMS

550,00

 

 

Xizmat nomi

Xizmatning qisqa tavsifi

Qisqa raqamlar

Narxi
(QQS bilan)

Xizmat turi

Obunani bekor qilish

   Tiny Minies

“Tiny Minies” – bu maktabgacha ta’limni rivojlantirish bo‘yicha o‘quv platformasi bo‘lib,2 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni mazmunli va kerakli ma’lumotlar bilan ta’minlaydi. Platformada rivojlanish va keyingi ta’lim jarayoniga tayyorgarlik uchun ideal bo‘lgan butun maktabgacha ta‘lim dasturi mavjud. Dastur o‘yinlar, audio hikoyalar, bolalar uchun kitoblar, shuningdek ota-onalar uchun maslahatlar va bola tarbiyasida meditatsiya mashg‘ulotlarigacha o‘z ichiga oladi. Platformada bolaning ilovaga sarflaydigan vaqtini boshqarish uchun konfiguratsiya qilinadigan chegaralar ham mavjud, hamda hech qachon bolalarga yo‘naltirilgan to‘sattan chiquvchi e’lon yoki boshqa reklamalarni ko‘rsatmaydi. Bundan tashqari, uchinchi tomon foydalanuvchilari tashqi havolalardan bloklanadi.

Dastur ta’lim-tarbiya jarayonining yo‘nalishiga qarab bola bilan o‘zaro ta’sirning quyidagi tarkibiy qismlarini o‘z ichiga oladi:

  • Og‘zaki o‘qish va so‘z boyligi;
  • Hisoblash va arifmetika asoslari;
  • Diqqat va xotira tarbiyasi;
  • Tasavvurni rivojlantirish;
  • Bolalar uchun kitob va hikoyalar kutubxonasi;
  • Sokinlik uchun mashqlar va darslar haqidagi tasavvurini oshirish;
  • Pedagogik tavsiyalar bilan birga o‘quv jarayoni monitoringi.


Birinchi marta obuna bo‘lganingizda, xizmatdan foydalanishning birinchi kuni bepul. Keyin tariflash har kuni 20461 raqamidan kiruvchi SMS orqali amalga oshiriladi. Obuna narxi – kuniga 2100 so‘m. 2100 so‘m evaziga abonentga portalga 24 soat kirish imkoniyati beriladi. Abonent hisobida 20461 (2100 so‘m) raqamidan tariflash vaqtida mablag‘ yetarli bo‘lmasa, abonent 20462 (700 so‘m) raqamidan tariflanadi. 700 so‘m evaziga abonentga portalga 8 soatlik kirish imkoniyati beriladi.

Xizmatga obuna bo‘lish uchun http://tinyminies.uz saytiga kirib, ro‘yxatdan o‘tish va ilovani faollashtirish kodini olishingiz kerak.

Keyin Google Play yoki AppStore-dan Tiny Minies ilovasini yuklab oling va faollashtirish oynasida qabul qilingan kodni kiriting.

Ma’lumot: tinyminies.uz / 712008202.

2046, 20461, 20462

2100 so‘m

700 so‘m

Ilova

2046 raqamiga Stop yuboring

SMS va USSD buyruqlar Mobil assistent
boshqa mamlakatlarga qo'ng'iroqlar