29 900 so'm

Oylik abonent to'lovi

  • 200 daqiqa

    O'zbekiston bo'ylab chiqish qo'ng'iroqlar limiti oyiga

  • 500 daqiqa

    Tarif rejasi doirasida kiritilgan limit

  • 40 so'm

    O'zbekiston bo'ylab chiqish qo'ng'iroqlari 1 daqiqasi (limitdan tashqari)

  • 40 so'm

    Tarif rejasi doirasida chiquvchi qo'ng'iroqlar limitdan tashqari

  • 5000 MB

    Internet-trafik limiti oyiga

  • 40 so'm

    1 MB Internet trafigi (limitdan tashqari)

  • 500 SMS

    SMS-xabarlar limiti oyiga

  • 84 so'm

    1 ta SMS-xabar narxi (limitdan tashqari)

  • “MAKTAB” tarif rejasi (keyingi o‘rinlarda - TR) maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, xizmatni rasmiylashtirish ota-onalardan biriga bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi taqdim etilganda amalga oshiriladi.
  • Boshqa tarif rejalaridan mazkur TRga ulanish faqat UZTELECOM sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislarida tegishli hujjatlarni taqdim etgan holda amalga oshiriladi. Ushbu TRga dilerlik xizmat ko‘rsatish nuqtasi orqali ulanish imkoniyati mavjud emas.
  • Ushbu TRda “TA‘LIM” maxsus Internet-to‘plamlar guruhiga ulanishlar mavjud.
  • Ushbu TRdagi abonentlarga foydalanilishi tariflanmaydigan Internet-resurslar ro‘yxatida belgilangan Internet-resurslarga kirish imkoniyati beriladi.
  • Quyidagi tarif rejalardan “MAKTAB” TRga o‘tish narxi:
  • “Aloqachi”, “Bolajon”, “C1”, “C2”, “C3”, “C4”, “Constructor”, “Ezoz”, “Salom”, “Salom Plus”, “Step”, “TA’LIM”, “Traffic”, “Yoshlar”, “Oddiy 10”, Komfort”, “Uzmobile 1200”, “Uzmobile 4000”, “Uzmobile VIP” - 0 so‘m;
  • “UNITS”, “Street”, “Onlime”, “Flash”, “Royal”, “Street Upgrade”, “Flash Upgrade” - 4 200 so‘m;
  • “Ishbilarmon” - 10 000 so‘m;
  •  “MAKTAB” TRdan o‘tish mumkin bo‘lgan tarif rejalari:
  • “UNITS”,  “Street”, “Onlime”, “Flash”, “Royal”, “Street Upgrade”, “Flash Upgrade”, “Ishbilarmon”, “TA’LIM”, “Aloqachi”, “Bolajon”, “C1”, “C2”, “C3”, “C4”, “Oddiy 10”
  •  Bitta abonent (jismoniy shaxs) uchun TRga beshtadan ko‘p bo‘lmagan raqamlarni ulash imkoniyati mavjud.
  • Navbatdagi o‘quv yili tugashi bilan, Kompaniya ushbu tarif rejasiga ulangan abonentlarni 1. bandda ko‘rsatilgan tegishli hujjatlarni tasdiqlash uchun bloklash huquqini o‘zida saqlab qoladi. Mazkur holatlarda abonentlar ulanish uchun mavjud bo‘lgan boshqa har qanday tarif rejasiga o‘tish yoki hujjatlarini tasdiqlash uchun UZTELECOM sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislariga murojaat qilishlari mumkin.
  • Ushbu TRdagi abonentlarga foydalanilishi tariflanmaydigan Internet-resurslar ro‘yxatida belgilangan Internet-resurslarga kirish imkoniyati beriladi.
  • Ushbu TRda ZiyoNET xizmatiga ulanganda, xizmat uchun abonent to‘lovi 50% miqdorda arzonlashtirilgan  narxda hisoblanadi.
  • Ushbu TR doirasida abonent to‘lovi hisoblanishining boshlanishi (keyingi o‘rinlarda - AT) yagona jadval bo‘yicha emas, balki har bir abonent uchun alohida hisob-kitob davri bo‘yicha aniq soniyaga qadar amalga oshiriladi. Tarif rejasi doirasida ATni yechib olish vaqti qayd etilmagan. ATni yechib olish xizmatlardan foydalanish imkoniyati taqdim etilgan vaqtiga bog‘liq bo‘ladi.
  • Abonent to‘lovining hisob-kitob davri kalendar oyining 1-sanasiga bog‘lanmagan holda 1 (bir) oyni tashkil etadi va Abonentga xizmatdan foydalanish imkoniyati taqdim etilgan sanadan boshlab hisoblanadi. Hisob-kitob sanasi Abonentning hisob-kitob davri uchun ATni hisoblashdagi boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi. Misol uchun, agarda Abonent tarif rejasiga 10-sanada ulangan bo‘lsa, u holda navbatdagi oylik AT keyingi oyning 10-sanasida Abonentning shaxsiy hisob raqamida TR bo‘yicha AT uchun yetarli mablag‘ bo‘lgandagina yechib olinadi. Agarda Abonent
    31 avgust kuni ulangan bo‘lsa, u holda navbatdagi AT yechib olishga urinish 30 sentyabr kuni amalga oshiriladi.
  • AT yechib olinadigan kunda (hisob-kitob sanasi) Abonentning shaxsiy hisobidagi mablag‘ miqdori TR bo‘yicha ATdan kam miqdorda bo‘lmasligi kerak.
  • Limitlar TR bo‘yicha AT muvaffaqiyatli yechib olinganda taqdim etiladi va joriy hisob-kitob davri tugagunga qadar amal qiladi, TR bo‘yicha foydalanilmay qoldirilgan limitlar keyingi hisob-kitob davriga o‘tkazilmaydi.
  • TR maʼlumotlari bo‘yicha har oylik ATni yechib olish sanasi TR bo‘yicha AT muvaffaqiyatli yechib olingan kun hisoblanadi. Agarda navbatdagi ATni yechib olish kunida hisobda yetarli mablag‘ bo‘lmasa, u holda abonent raqami hisob to‘ldirilgunga qadar bloklanadi. Xizmatlardan foydalanish imkoniyati hisobni to‘ldirish vaqtidan boshlab amaldagi TR qiymatiga teng yoki undan ko‘p bo‘lgan vaqtgacha yangilanadi. Keyingi hisob-kitob davri uchun TR bo‘yicha AT muvaffaqiyatli yechib olinganidan so‘ng (faol holatga o‘tganidan so‘ng) Abonentga TR shartlariga muvofiq xizmat limitlari taqdim etiladi.
  • Xizmat limitlari va AT masshtablashtirilmaydi.
  • Misol uchun: Abonent “O‘zMobayl” tarmog‘iga 30 yanvar kuni ulandi, u holda keyingi AT yechib olinishi 28 yoki 29 fevral kuni (kalendar yiliga bog‘liq holda) amalga oshiriladi, agarda hisob-kitob davri yakunida Abonent hisobida AT uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, u holda abonent raqami bloklanadi. Abonent tomonidan hisob 5 yoki 10 kundan keyin to‘ldirilsa, abonent hisobidan AT to‘liq yechib olinadi, TR doirasidagi xizmatning barcha limitlari keyingi oyda AT yechib olingunga qadar bir oy muddatga to‘liq hajmda taqdim etiladi, har oylik ATni yechib olish sanasi keyingi muvaffaqiyatli AT yechib olinadigan sanasiga o‘tkaziladi.
  • Agarda oylik abonent to‘lovi yechib olinishi vaqtida abonent raqami bloklangan holatda bo‘lsa, oylik abonent to‘lovi yechib olinmaydi, xizmat limitlari taqdim etilmaydi. Joriy TR bo‘yicha ATning ko‘p yoki teng bo‘lgan miqdorda shaxsiy hisob to‘ldirilganda, abonent raqami faol holatga o‘tadi va oylik abonent to‘lovi yechib olinadi, abonent raqami blok holatidan chiqqanidan so‘ng, tarif rejasi bo‘yicha navbatdagi har oylik abonent to‘lovini yechib olish sanasi suriladi.
  • Barcha qo‘ng‘iroqlar muloqotning birinchi soniyasidan hisoblanib, to‘liq daqiqa sifatida narxlanadi.
  • Kontent-provayderlar tomonidan taqdim etiladigan ovozli, axborot-ko‘ngilochar va SMS xizmatlari kabi xizmatlar alohida narxlarda tariflanadi.
  • SMS limiti faqat O‘zbekiston Respublikasi uyali aloqa operatorlariga chiquvchi SMS-xabar hisobidan sarflanadi.
  • Chiquvchi xalqaro qo‘ng‘iroqlar/ SMSlar amaldagi tariflarga muvofiq narxlanadi.
  • TR o‘zgartirilganda (“Street”, “OnLime”, “Flash”, “TA‘LIM” yoki “MAKTAB”dan) limit qoldiqlari avvalgi TRning amal qilish muddatigacha saqlanib qolinadi. To‘lovlar bo‘yicha bonuslar (agarda mavjud bo‘lsa), sotib olingan daqiqalar/ SMS/Mb trafiklari to‘plamiga muvofiq amal qilish muddati tugagunga qadar saqlanib qolinadi.
  • Amaldagi tarif rejasi “Street”, “OnLime”, “Flash”, “Royal”, “TA‘LIM”, “MAKTAB” tarif rejalariga o‘zgartirilganda (agarda “Oila uchun” va “O‘z raqami uzatilishini taqiqlash” xizmatiga ulangan bo‘lsa), xizmatni taqdim etish shartlari o‘zgarmaydi.
  • Amaldagi TR “Street”, “OnLime”, “Flash”, “Royal”,, “TA‘LIM”, “MAKTAB” tarif rejalariga o‘zgartirilganda, agarda “raqamni ijaraga berish” xizmati yoqilgan bo‘lsa, xizmatning hisob-kitob davri yangi TR bo‘yicha keyingi davrdan boshlab abonent to‘lovini hisoblash davri bilan tenglashtiriladi.
  • O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar tarkibiga O‘zbekiston Respublikasining ro‘yxatga olingan barcha mobil va mahalliy aloqa tarmoqlari, shu jumladan “O‘zMobayl” tarmog‘ining GSM, CDMA-450 standartidagi raqamlar hamda “O‘zbektelekom” AKning mahalliy raqamlari kiradi.
  • TRda “Restart”, “Foydali almashinuv” va “Qo‘llab yubor” xizmatlari amal qiladi.
  • Tarmoq ichidagi qo‘ng‘iroqlar tarkibiga “O‘zMobayl” tarmog‘ining GSM, CDMA-450 standartidagi raqamlar, shuningdek, “O‘zbektelekom” AKning mahalliy raqamlari kiradi.
  • Tarif rejasida resurslar (daqiqalar, SMS, MB trafigi) cheklangan. Resurs cheklovlari tugagandan soʻng, abonentning shaxsiy hisobidan pul mablagʻi (mavjud boʻlganda) ushbu tarif doirasida har bir resurs birligi uchun belgilangan limitdan oshib ketgan tarifikatsiyaga muvofiq yechib olinadi.
  • Agar abonentda Internet-paket mavjud bo‘lib, Internet-paketdan sessiya uchun MB yetarli bo‘lmasa (3G/4G uchun 100 Mbdan kam, 5G uchun 1000 Mbdan kam), u holda hisob asosiy balansdan (agar unda pul mablag‘lari mavjud bo‘lsa) amalga oshiriladi.
SMS va USSD buyruqlar Mobil assistent
daqiqalar, sms yoki internet tugadimi?
boshqa mamlakatlarga qo'ng'iroqlar